Ariza-talablardamurojaat qiluvchi o‘z huquqini talab qiladi, chunki tegishli davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilotlar shu huquqni amalga oshirishga majbur. Masalan, har bir fuqaro ma’lum yoshga yetgach nafaqa olish huquqiga ega, shu yoshga yetgach, nafaqani rasmiylashtirishni tegishli idoralardan talab qiladi.
Ariza-iltimoslarorqali ham fuqarolar o‘z huquqlarini amalga oshirishni so‘raydilar, lekin bunday so‘rash iltimos shaklida bo‘ladi, chunki so‘rovlarni qondirish idoralarning huquqi, ular bunda o‘z imkoniyati, kelishilgan shartlar nuqtai nazaridan kelib chiqib murojaatni qondirishi yoki rad etishi mumkin. Masalan, fuqaro mehnat qilish huquqiga ega, shu tufayli biror muassasaga ishga qabul qilish haqida murojaat qiladi. Agar xodimning malakasi, ixtisosi to‘g‘ri kelsa va shunday xizmat joyi bo‘lsa, u ishga qabul qilinishi, ya’ni iltimosi qondirilishi mumkin. Agar fuqaro muassasa talablariga javob bermasa yoki xizmat joyi yo‘q bo‘lsa, uning murojaati rad etilishi mumkin.
Ariza-xabarlarda- fuqarolar ba’zi qonunga zid xatti- harakatlar, kamchiliklar haqida murojaat qiladilar. Masalan, korxona, tashkilotlardagi talon-torojlik yoki ayrim fuqarolarning qonun bilan taqiqlangan harakatlarni sodir etayotganligi, noqonuniy daromad asosida yashayotganligi va boshqalar. Arizalar qanday guruhga kirmasin, u qanday hal qilinishidan qat’i nazar, ko‘rib chiqilib, natijasi murojaat qiluvchiga bildirilishi shart.
Fuqarolar huquqlarini ro‘yobga chiqarishni rad etish, asossiz ravishda huquqlarining amalga oshishiga to‘sqinlik qilish, ayniqsa arizalar belgilangan muddatlarda vakolat doirasida vijdonan ko‘rib hal qilinmasa, bu haqda arizachiga o‘z vaqtida asosli javob berilmasa, pirovard natijada murojaatning boshqa turi, ya’ni shikoyatni keltirib chiqaradi.
Shuning uchun qonunning mazkur moddasida shikoyatlarni hal qiluvchilarning aniq majburiyatlari belgilangan.
Arizalarni ko‘rib hal qilish vakolatiga kiruvchi subyektlar har qanday arizani har tomonlama, atroflicha, xolislik bilan va eng muhimi, o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi kerak. Arizani ko‘rib chiquv- chilar zarur bo‘lsa, maxsus komissiyalar tuzishi, ishga mutaxas- sislarni jalb qilishi, yashash joylaridan zarur ma’lumot va hujjatlarni so‘rab olishlari kerak. Arizani hal qilishga vijdonan yondashish, shaxsiy manfaatni aralashtirmaslik zarur. Arizalar tezlikda, qonunda belgilangan muddatlarda hal qilinishi muhimdir. Aks holda, uning ahamiyati bo‘lmaydi. Chunki fuqaro o‘z subyek- tiv huquqining imkoni boricha tezlik bilan hal qilinishidan manfaatdor. Masalan, fuqaro tegishli idoraga moddiy yordam so‘rab murojaat qilsa, u shunday yordamga aynan shu vaqtda muhtoj bo‘lishi, kechiktirib berilgan yordam uning muammosini hal qilmasligi mumkin.
Arizani ko‘rib hal qilishda faqat qonunchilik hujjatlariga amal qilinishi zarur, ariza bo‘yicha qabul qilinadigan har qanday qaror qonuniy bo‘lishi kerak. Arizalarni ko‘rib hal qilish va ular yuzasidan to‘g‘ri qaror qabul qilish bilan masala tugamaydi. Bu masalaning bir tomoni, uning ikkinchi tomoni qabul qilingan qaror ijrosini ta’minlashdir. Qaror ijrosi to‘liq bajarilmaguncha, u nazoratda turishi kerak.
Fuqarolar arizalari bilan ishlashning eng muhim shartlaridan biri - ariza mazmuni qanday hal bo‘lishidan qat’i nazar, natijasini asoslangan tarzda, yozma ravishda arizachiga ma’lum qilishdir. Ayniqsa ariza rad etilsa, uning sababi tushunarli va asosli bo‘lishi zarur. Fuqaro olingan javobdan qoniqish hosil qilishi kerak. Aks holda, ariza yuzasidan qabul qilingan qaror ustidan fuqarolar qonunda nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Yuqori turuvchi davlat organining, jamoat birlashmasining, mansabdor shaxsning qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Fuqaro shikoyatini shaxsan berishga yoki bu ishga boshqa shaxsni vakil qilishga haqlidir. Voyaga yetmaganlar va muomalaga layoqatsiz shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab ularning qonuniy vakillari shikoyat bilan murojaat qiladilar.
Shikoyatga fuqaroning murojaati bo‘yicha avval qabul qilingan qaror yoki uning ko‘chirmasi, shuningdek shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Fuqarolarning shikoyatlarini xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organlar yoki mansabdor shaxslar- ning o‘ziga jo‘natish taqiqlanadi.