O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 249-moddasiga asosan davlatyong‘indansaqlashnazoratiorganlariga:MJTKning 84,
124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat yong‘indan saqlash nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga:
O‘zbekiston Respublikasi yong‘indan saqlash nazorati bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, obyektlar yong‘indan saqlash nazorati bosh davlat inspektorlari va O‘zbekiston Respublikasi yong‘indan saqlash nazorati bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining to‘rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — sakkiz baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi yong‘indan saqlash nazorati bosh davlat inspektorining yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravarigacha miqdorda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yong‘indan saqlash nazorati bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravari- gacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha miqdorda; xizmat ko‘rsatilayotgan shaharlar, tumanlar va obyektlarning yong‘indan saqlash nazorati davlat katta inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga
esa — ikki baravarigacha miqdorda;
xizmat ko‘rsatilayotgan shaharlar, tumanlar va obyektlarning yong‘indan saqlash nazorati davlat inspektorlari — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxs- larga esa — bir baravarigacha miqdorda jarima solishga haqlidirlar.
O‘zbekistonRespublikasiMJTKning 2491-moddasiga asosan O‘zbekistonRespublikasiFavquloddavaziyatlarvazirligiorganlari- ningmansabdorshaxslaritomonidan MJTKning 2041- moddasida nazarda tutilgan, ya’ni aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini
bajarmaslik huquqbuzarliklari aniqlangan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun MJTKning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. O‘zbekistonRespublikasiMJTKning250-moddasigaasosan temiryo‘ltransportiorganlariga:MJTKning 113, 114-modda- larida, shuningdek 53, 121-124, 142, 144, 145-moddalarida; 146-moddasining 1 va 2-qismlarida (temir yo‘l transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Metropoliten organlariga MJTKning 115-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekistonRespublikasiMJTKning251-moddasigaasosan havotransportiorganlariga:MJTKning 53, 121-122, 124, 145- moddalarida; 146-moddasining 1 va 2-qismlarida (havo trans- portidagi huquqbuzarlik qismi); 116-moddasida (fuqarolar aviatsiyasi organlari qaramog‘idagi aerodromlarda yoki ana shunday aerodromlar joylashgan hududda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun); 117-moddasi; 142-moddasining 1 va 2 qismlarida; 144- moddasining 3-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbu-
zarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 252-moddasiga asosan suv transporti organlariga: MJTKning 53, 121-122, 124, 145- moddalarida; 146-moddasining 1 va 2-qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun); 118, 120-moddalarida; 142-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.