O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə130/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 253-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining Davlat kichik hajmdagi kemalar inspek- siyasi organlariga: MJTK 119-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat kichik hajmdagi kemalar inspeksiyasining boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i va uning o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarning davlat kichik hajmdagi kemalar inspeksiyalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, davlat kichik hajmdagi kemalar inspektorlari Davlat kichik hajmdagi kemalar inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 254-moddasiga asosan shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga: MJTKning 121-124, 142-145- moddalarida; 146-moddasining 1 va 2-qismlarida (shahar, sha- harlararo avtomobil transportida va elektr transporti sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbu- zarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 255-moddasiga asosan mehnat bo‘yicha davlat huquqiy va texnik inspektorlar: MJTKning 49-51, 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik- lar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadilar.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 256-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga: MJTKning 125-moddasida, 128-moddasining 1 va 2-qismlarida, 130-
moddasida, 131-moddasining 2-qismida, 135, 1351, 136, 138- 141-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan), 235-236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 257-moddasiga asosan davlat sanitariya nazorati organlariga: MJTKning 53-55-moddala- rida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa); 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzsa); 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun); 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida); 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 258-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga: MJTKning 53-55-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar (shu jumladan sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish
normalarini buzganlik) to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin