O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Kompaniya faoliyatini tashkil etish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə165/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Kompaniya faoliyatini tashkil etish. Kompaniya boshqaruvi to‘qqiz kishidan, shu jumladan rais va uning uch nafar o‘rinbosa- ridan iborat bo‘ladi, o‘rinbosarlaridan biri birinchi o‘rinbosar hisoblanadi. Kompaniya boshqaruv raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan.
Kompaniya o‘z faoliyatini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirib, boshqaruvchi organlari kompaniya kengashi va kompaniya rayosati hisoblanadi. Kompaniya kengashi tarkibiga kompaniya tarkibidagi bir qancha konsern, korxona, tashkilotlar rahbarlari kiradi. Kengashning yig‘ilishlari kengash raisining tashabbusi bilan, lekin yiliga ikki martadan kam bo‘lmagan muddatda chaqiriladi. Navbatdan tashqari kengash yig‘ilishlari kompaniyaning uchdan bir qismidan kam bo‘lmagan a’zolari tomonidan chaqirilishi mumkin. Kengashning qarorlari kengash yig‘ilishida a’zolarning ochiq ovoz berish yo‘li qabul qilinib, har bir a’zo bir ovozga egadir. Agar berilgan ovozlar teng bo‘lib qolsa, kengash raisining ovozi hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi.
Kompaniya raisi va uning o‘rinbosarlari kompaniya kengashi tomonidan besh yil muddatga saylanadi va tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiql- anadi. Kompaniyada kompaniya funksiyalarini amalga oshirish va kompaniya kengashi hamda kompaniya rayosati faoliyatini ta’minlash maqsadida ishchi apparat tashkil qilinadi.
Neft va gaz sanoati — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 11-dekabr farmoni bilan neft va gaz qazib chiqarish hajmini ko‘paytirish, yangi neft va gaz konlari o‘zlashtirilishini jadallashtirish, neft va gazni qayta ishlash hamda tashish samara- dorligini oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish, respublikaning neft va gaz sanoatida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda neft-gaz tarmog‘ini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida «O‘zbekneft-
gaz» Milliy korporatsiyasi «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi hamda ushbu Farmon bilan quyidagilar

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin