Elektr energetikada davlat nazorati. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan_ Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zdavener- gonazorat» inspeksiyasi)ga aylantirildi. Inspeksiya elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida normalar va qoidalarga rioya etilishini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Yuqoridagi qaror bilan quyidagilar inspeksiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
elektr energiyasi, issiqlik energiyasi oqilona va samarali ishlab chiqarilishi, uzatilishi, iste’mol qilinishi va ko‘mirdan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilishda va ko‘mirdan foydalanishda xavfsizlik ta’minlanishiga yo‘naltirilgan oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilishini nazorat qilish;
elektr energiyasi, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, iste’mol qilish va ko‘mirdan foydalanish sohasida zarur normativ hujjatlar va qoidalarni ishlab chiqish;
energetika tekshiruvlari va ekspertizalari o‘tkazish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash.
Inspeksiya tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, O‘zbekiston Respublikasining Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqa- daryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo Toshkent, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi hududiy bo‘limlar va Toshkent shahar bo‘limi kiradi. Hududiy bo‘limlar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita «O‘zdave- nergonazorat» inspeksiyasiga hisobot beradi.
«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasining elektr, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, uzatish, sotish va iste’mol qilish hamda ko‘mirdan foydalanish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisobla- nadi. Inspeksiya zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
«O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq boshchilik qiladi.
Boshliq maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga, boshliqning o‘rinbosarlari vazirning o‘rinbosariga tenglashtiriladi. Boshliq lavozimiga ko‘ra bir vaqtning o‘zida Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektori, uning o‘rinbosarlari esa
Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosarlari hisob- lanadi. «O‘zdavenergonazorat» inspeksiyasi hududiy bo‘lim- larining bosh inspektorlari elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish ustidan nazorat qilish bo‘yicha katta davlat inspek- torlari hisoblanadi.