Kommunalxizmatko‘rsatish. Keyingi yillarda aholiga kommu- nal xizmat ko‘rsatish sohasi tarmoqlarini bozor munosabatlariga o‘tkazishga doir ancha ishlar amalga oshirildi. Zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi – Uy-joy kodeksi, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida», «Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida»gi qonunlar va boshqalar qabul qilindi.
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasi hamda bozor mexa- nizmlarini joriy etishga qaratilgan tegishli mintaqaviy kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Uy-joy mulkdorlari shirkatlari va o‘zini o‘zi boshqarish jamoatchilik organlari uy-joy egalari kengashlari shakllantirilmoqda.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqarish tizimini isloh qilish, monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish chora- tadbirlari amalga oshirildi. Jumladan, kommunal xizmat tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholini ichimlik suvi, tabiiy gaz va kommunal xizmatlar bilan barqaror ta’minlash, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish masalalarida mahalliy davlat bosh- qaruvi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ahamiyati va mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining 2000-yil 19-dekabrda qabul qilingan
«Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish
to‘g‘risida»gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tugatilib, uning negizida O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi tashkil qilindi hamda hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari Qoraqalpog‘iston Respubli- kasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlik- larining bevosita qaramog‘iga topshirildi.
O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi vazifalarni bajarish uchun maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Kons- titutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi. Agentlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-avgust- dagi farmoniga ko‘ra O‘zbekiston «O‘zkommunxizmat» agentligi faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning samara- dorligini oshirish, kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishni ta’minlash, kommunal xizmatlar uchun tariflarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, zamonaviy talablarga javob beradigan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga ko‘maklashish;
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona texnikaviy siyosatni o‘tkazish, kommunal tarmoqlar va korxonalarni rivojlan- tirish, texnik qayta jihozlash va modernizatsiyalashga investitsiya- larni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘mak- lashish, ilg‘or zamonaviy texnologiyalar, mashina va uskunalarni
tatbiq etish, suv va issiqlik energiyasini sotish hamda iste’mol qilish bo‘yicha hisoblagichlar va nazorat asbob-uskunalari bilan jihozlash;
mintaqalararo suv quvurlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ulardan samarali foydalanish, ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, kommunal xo‘jalik tizimida tarmoqlar hamda asbob- uskunalarni kapital va joriy ta’mirlashni tashkil etish;
kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
Sanoatda davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tizimi haqida ma’lumot bering.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Davlat arxitektura-qurilish nazoratining mohiyati nimalardan tashkil topgan?
O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transportini boshqarishning huquqiy asoslari va «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksionerlik kompaniyasi to‘g‘risida ma’lumot bering.
Mamlakatimizda temir yo‘l transporti sohasida davlat nazorati qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi va uning vazifalari qanday taqsimlangan?
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qanday shakllarda amalga oshiriladi?
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining asosiy vazifa va funksiyalari nimalardan iborat?
O‘zbekiston Respublikasida qanday turdagi avtomobil yo‘llari mavjud va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini moliyalashtirish qaysi organ tomonidan amalga oshiriladi?
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi to‘g‘risida ma’lumot bering.
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining tizimi haqida tushuntiring.
Keyingi yillarda aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot bering.