Transport sohasi — iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, yuklar va yo‘lovchilarni to‘liq va o‘z vaqtida tashishni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi transport tizimi havo transporti, temir yo‘l transporti, suv (daryo) transporti va avtomobil transportidan iboratdir.
Rivojlangan transport kommunikatsiyalari tizimi mavjudligi O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy-strategik mavqeini jozibador qiluvchi muhim omildir. Hozirgi vaqtda mamlakatning transport tizimi mamlakat ichida yuk tashish ehtiyojlarini amalda qanoatlantirmoqda. Respublikadagi temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tarmog‘i Markaziy Osiyoda eng zich hisoblanadi. Temir yo‘l va avtomobil transport kommunikatsiyalari tarmog‘i respublikaning eng olis tumanlari va aholi manzilgohlarini o‘zaro bog‘lab turadi, xalqaro transport tizimlariga ulanishni ta’minlaydi. Shu bilan birga ular boy o‘lkamizning asosiy tabiiy va mineral xom-ashyo zahiralari manbalariga bemalol kirib borishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston xalqaro aviatsiya kommunikatsiyalarini rivojlanti- rish jihatidan ham qulay o‘rinda joylashgan. «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi IKAO a’zosi bo‘lib, uning tarkibi- da Toshkent aeroportidan tashqari yana 12 ta mintaqaviy aeroport mavjud.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgach, qo‘shni davlatlar va Jahon okea- niga chiqishni ta’minlaydigan eng qisqa ishonchli transport yo‘llarini barpo etish maqsadida transport aloqalarining xalqaro tizimlariga alohida e’tibor berilmoqda1.
O‘zbekiston Respublikasi transport tizimi ushbu sohani tartibga soluvchi qonunlar, Hukumat qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston qonunchiligi asosining transport munosabatlarini tartibga soluvchi qismini umum e’tirof etilgan xalqaro norma va qoidalarga yaqinlashtirish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda. Masalan, avtomobilda yuk tashish borasida MDH guvohnomasini qo‘llagan holda xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi Bojxona Konvensiyasi, Xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi konvensiya, Yo‘l belgilari va signallari to‘g‘risidagi konvensiya va Yo‘l harakati to‘g‘rsidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi.
Fuqaro aviatsiyasi sohasida Havo kemalarini qonunsiz egallab olishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya, Havo kemasi bortida ro‘y beradigan jinoyatlar va ba’zi xatti-harakatlar to‘g‘risidagi konvensiya, Havo kemalarida xalqaro yuk tashishga doir ba’zi qoidalarni uyg‘unlashtirish uchun konvensiya ratifikatsiya qilindi. Temir yo‘l transporti (temir yo‘l) – umumiy foydalanishdagi transport turlaridan biri bo‘lib, u ishlab chiqarish va ijtimoiy yo‘nalishdagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z tarkibiga olgan, boshqa davlatlarning temir yo‘llari va transportning boshqa turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashish ehtiyojlarini ta’minlovchi yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuidan iboratdir. Tashish jarayonining uzluksizligi, harakat xavfsizligi va avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishini bevosita ta’minlovchi temir yo‘l transporti
1Kapumoв И.А. ¡çáåkèñòîí XXI аñð áуñа²аñèда: õаâôñèçлèkkа òаµдèд, áаð³аðîðлèk øаðòлаðè âа òаðа³³èëò kаôîлаòлаðè. – T., 1997. – 270-272-á.
korxonalari, umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va temir yo‘l transportining boshqa mol-mulki mutlaq davlat mulkidir. Tashish jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan temir yo‘l transporti mol- mulki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xususiy- lashtirilishi mumkin.
Temir yo‘l transporti yerlari jumlasiga davlat tomonidan temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga temir yo‘l transporti inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, ularni saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mir- lash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti sohasidagi munosabatlarni O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan «Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonuniga_ binoan tartibga solinadi. Shuningdek, temir yo‘l transporti xizmat- laridan foydalanish chog‘ida temir yo‘l transporti korxonalari bilan yuk jo‘natuvchilar, yukni oluvchilar, yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar O‘zbekiston Res- publikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Temir yo‘l ustavi bilan ham belgilanadi. Temir yo‘l transportida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashishni tashkil etish tartibi davlat temir yo‘l transportini boshqarish organi tomonidan tasdiqlanadigan yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalari, shu- ningdek boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi Farmoni bilan quyidagilar temiryo‘ltransportisohasidagiiqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
mononpoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yo‘l transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
ijtimoiy infratuzilma, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish obyektlarini, ta’mirlash-qurilish, savdo va ta’minot tashkilotlarini
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish, ular negizida mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etish;
boshqaruv tizimiga va tashish jarayoni qatnashchilari o‘rta- sidagi xo‘jalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
temir yo‘l kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
mamlakat iqtisodiyotining samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashda temir yo‘l transportining ahamiyatini kuchaytirish, temir yo‘l transporti kommunikatsiyalarini rivoj- lantirish.
«Temir yo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasiga binoan, Temir yo‘l qatnovlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
ichki qatnovlar - yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini O‘zbekiston Respublikasi doirasida tashish;
xalqaro qatnovlar-yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar o‘rtasida tashish;
to‘g‘ri aralash qatnovlar - yuklarni yagona transport hujjati bo‘yicha transportning har xil turlarida tashish. To‘g‘ri aralash qatnovlar ham ichki, ham xalqaro bo‘lishi mumkin.
Alohida muhim davlat ehtiyojlarini, shu jumladan mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun yuklarning maxsus turlari tashili- shini ta’minlovchi tashishlar maxsus tashishlar jumlasiga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7- noyabrdagi farmoni bilan tuzilgan «O‘zbekiston temir yo‘llari»
davlat-aksionerlik kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbe- kiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasini boshqa- rishni tashkil etishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004- yil 3-avgust qaroriga ko‘ra «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat- aksionerlik kompaniyasi:
yuklarni hamda yo‘lovchilarni tashish hajmlarini xalq xo‘jaligi va respublika aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda,
davlat buyurtmalari shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shart- nomalar va kontraktlar asosida mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi;
to‘la tijorat hisob-kitobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’min- lash sharoitlarida ishlaydi, ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil ravishda hal qiladi, sug‘urta, zahira va boshqa fondlarni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan temir yo‘l bo‘limlari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga oid ilgari tuzilgan shartnomalar va majburiyatlar bo‘yicha O‘rta Osiyo temir yo‘lining huquqiy vorisi hisoblanadi;
xalqaro temir yo‘llarda va aralash temir yo‘l aloqalarida yo‘lovchilar hamda yuklarni tashishni tashkil etishda xorijiy temir yo‘llar oldida «O‘zbekiston temir yo‘llari» deb nomlangan yuridik shaxs sifatida ish yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi rais va uning 5 nafar o‘rinbosaridan, shu jumladan 1 nafar bosh menejer-bosh muhandisdan va raisning 1 nafar birin- chi o‘rinbosaridan iborat bo‘ladi. Rais va uning o‘rinbosarlari Vazir- lar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Tarkibda 11 kishidan iborat bo‘lgan Kompaniya kengashi «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat- aksiyadorlik kompaniyasining yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Davlat nazorati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 2-martdagi farmoniga binoan kompaniya tarkibidagi poyezdlar harakati xavfsizligi bo‘yicha bosh taftishchi apparat kompaniya tarkibidan chiqarilib, uning negizida mustaqil O‘zbekis- ton Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavf- sizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi («O‘zdavtemiryo‘l- nazorat») tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi, u poyezdlar harakati xavfsizli- gini ta’minlash sohasida chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va muvofiqlashtirish hamda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoidalar va
normalarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan rioya etilishini, shuningdek «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va transport qurilishi korxonalarida qozonxonalar va ko‘tarish inshootlaridan xavf-xatarsiz foydalanilishini nazorat qiluvchi O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l ma’muriyati funksiyalarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-martda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi chora- tadbirlari» to‘g‘risidagi qarori1 bilan inspeksiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi ta’minlanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
temir yo‘l transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalash; O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan foydalanish bo‘yi-
cha normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
loyihalarni ekspertizadan o‘tkazishda va temir yo‘l transporti obyektlarini, mahsulotlarini va texnologiyalarini ularning belgilan- gan talablarga muvofiqligi jihatidan doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga qabul qilish ishlarida qatnashish.
Uning tizimiga hududiy filiallar Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Orol bo‘yi va Qashqadaryo filiallari hamda Atrof muhit muhofazasi bo‘yicha temir yo‘l ilmiy ishlab chiqarish markazi kiradi.
Inspeksiya o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi hamda o‘z vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, temir yo‘l transporti xizmatlari ko‘rsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
«O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspeksiyasiga qonunchilik hujjat- larida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi. Boshliqning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. inspeksiya boshlig‘i maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga,
«O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari tegishli ravishda vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
«O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspeksiyasining hududiy filiallari bevosita «O‘zdavtemiryo‘lnazorat» inspeksiyasi boshlig‘iga bo‘y- sunadi.
Avtomobil va suv transportini boshqarish – O‘zbekiston Respublikasining «Avtomobil transporti to‘g‘risida»gi 1998-yil 29- avgustdagi qonuniga binoan avtomobil transporti faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sertifikatlash, litsenziyalash, soliq solish, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tashishlar uchun tariflarni shakllantirish, yagona ilmiy texnika siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllardaamalgaoshiriladi. 2001-yil 4-iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Avtomobil transporti sohasida monopoliyadan chi- qarish va boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonida avtomobil va daryo transporti sohasida boshqaruvni takomillash- tirish va monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi:
avtotransportda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida bozor munosabatlari va raqobat muhitini yanada rivojlantirish, avtomobil transporti tashkilotlari va korxonalarini keng xususiylashtirish, xususiy avtomobil tashuvchilar faoliyati sohasini kengaytirish, transport xizmatlari bozorida mulkchilikning barcha shakllaridagi avtomobilda tashuvchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni boshqarishning ortiqcha bo‘g‘inlarini tugatish, boshqaruvning bir va ikki bo‘g‘inli tizimiga o‘tish;
avtomobil transportida boshqarishni markazlashtirishdan chiqarish va avtomobilda yo‘lovchilar tashuvchi, yuklarni viloyat
ichida tashuvchi, transport-foydalanish va axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish, avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash funksiyalarini bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiyoriga berish. Shuningdek ushbu Farmonga binoan 1993-yil 8-yanvarda tashkil etilgan O‘zbekiston avtomobil transporti davlat-aksionerlik korporatsiyasi («O‘zavtotrans») tugatilib, uning tarkibiga kiruvchi hududiy davlat aksionerlik konsernlari va birlashmalari avtomobilda tashuvchilarning hududiy uyushmalariga aylantirildi hamda ushbu uyushmalar Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ixtiyoriga berildi.
O‘zbekiston Respublikasida avtomobil va daryo transporti sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Agentlik Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-iyulda qarori bilan Respublika «O‘zavtolitsenziya» boshqarmasi bazasida avtomo- bil va daryo transportini boshqarishni tashkil etish darajasini oshi- rish va bu faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirish, avtotransport xizmatlari ko‘rsatish bozorida raqobatni rivojlantirish, harakat xavfsizligi va ekologik talablarni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tarkibiy va institutsional o‘zgartirish masalalarini hal qilish, xizmatlar bozorini shakllantirish va rivojlantirishga hamda avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashish uchun maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Agentlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘limlari, Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash respublika markazi,
«Avtodaryotrans-ilm» kasb malakasini oshirish davlat ilmiy- metodik markazi, «O‘zbekiston avtomobilchisi» gazetasi tahririyati kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martda qabul qilingan «O‘zbekiston avtomobil va daryo
transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:
avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta’minlash;
iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo‘lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga os— hirish;
avtomobil va daryo transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;
avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini shakllantirish va o‘tkazish;
avtomobil va daryo transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni litsenziyalashni tashkil etish;
avtomobil va daryo transportida kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
Agentlikka qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. Boshliqning ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi. Agentlik boshlig‘i maqomiga ko‘ra vazirga, boshliq o‘rinbosarlari vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Agentlikda tarkibiga agentlik boshlig‘i (hay’at raisi), boshliq o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) va agentlik tizimi boshqa rahbar xodimlari kiradigan 5 kishidan iborat hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi agentlik boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.