O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə180/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- sining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish to‘g‘risida»gi 1994-yil 14-may qarori bilan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tarkibi to‘g‘risida» 2003-yil 30-oktabr qarori bilan bir nechta o‘zgartirishlar kiritilgan. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Res- publika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘- risida»gi 2003-yil 9-dekabr farmonini bajarish yuzasidan O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test
markazining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004-yil 24-iyun qaroriga asosan o‘zgartishlar kiritildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Bundan tashqari yuqorida ko‘rsatilgan qarorlar asosida O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida»gi 1998-yil 11-mart qaroriga ham bir necha o‘zgartirishlar kiritildi
Yuqorida ko‘rsatilgan qarorlarga asosan O‘zbekiston Respub- likasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi davlat boshqaruv organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbe- kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. U o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek Davlat test markazi to‘g‘risidagi nizomga amal qiladi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • respublika ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligi xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

  • abituriyentlar, o‘quvchilar, talabalar bilimlarining O‘zbe- kiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga va davlat talablariga muvofiqligini tahlil qilish;

  • qobiliyatli yoshlarni izlash va tanlash tizimini tak— omil- lashtirish;

  • murakkablik darajasi ta’lim dasturlariga muvofiq bo‘lgan test materiallarini ishlab chiqish hamda ular asosida ta’lim muas- sasalariga kirayotgan abituriyentlarni test sinovlaridan o‘tkazish;

  • test sinovi natijalarining xolisonaligi, ishonchliligi va adolatliligini ta’minlash;

  • ta’lim va o‘qitish sifatini, test baholari va reyting ballarining xolisonaligini tekshirishni tashkil etish va nazorat qilishni ta’minlash;

  • uzluksiz ta’lim tizimida band bo‘lgan pedagoglar, professor- o‘qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlarni attestatsiyadan o‘tka- zishni tashkil etish va amalga oshirish;

  • idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishni tashkil etish va amalga oshirish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash;

  • pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ta’lim tizimi rahbar organlari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari fao- liyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi funksiyalarini

bajarish;
Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari fao- liyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalarni rasmiylashtirish;

  • pedagoglar, professor-o‘qituvchilar tarkibi va rahbar kadrlarni, shuningdek ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tka- zish uchun talablar va mezonlarni ishlab chiqish va takomil- lashtirish;

  • xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni e’tirof etish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) tartibi amalga oshirilishini tashkil etish va ta’minlash;

  • davlat ta’lim standartlari va davlat talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun eksper- tizadan o‘tkazish;

  • kadrlar tayyorlash sifati monitoringi tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish va boshqalar.

    1. Yüklə 6,58 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin