O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə188/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Ichki ishlar organlari mudofaa sohasi boshqaruvi organlari bilan o‘zaro munosabatlarida:

  • chaqiriluvchilarga pasportlar berishni, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy-hisob hujjatlarida ular harbiy ro‘yxatga olinganligi yoki undan chiqarilganligi to‘g‘risida mudofaa ishlari organlarining belgisi bo‘lgan taqdirda ularni turar joylari bo‘yicha qayd etish va ro‘yxatdan chiqarishni amalga oshirishlari;

  • o‘smirlarni harbiy ro‘yxatga olishda, fuqarolarning harbiy xizmatga (yig‘inlarga) chaqiruvini o‘tkazishda, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda hamda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar orasidan harbiy ro‘yxatning belgilangan qoidalarini buzayotgan shaxslarni aniqlashda mudofaa ishlari organlariga yordam ko‘rsatishlari va ko‘maklashishlari;

  • umumiy harbiy majburiyatni bajarishdan bo‘yin tovlayot- gan shaxslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari organlariga olib borishni tashkil etishlari shart.

Surishtiruv va dastlabki tergov organlari surishtiruv va dast- labki tergov olib borilayotgan ishga daxldor chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risida, sudlar esa chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga daxldor o‘zlari ko‘rayotgan jinoyat ishlari va qonuniy kuchga kirgan hukmlar to‘g‘risida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yetti kun ichida ma’lum qilishlari shart.


2-§. Milliy xavfsizlik sohasini boshqarish


O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini, xavfsizligini, hududiy yaxlitligini va davlat chegaralarini muhofaza etish — milliy xavfsizlik demakdir.


fuqarolik faolligi yuzaga chiqadi va ularning jo‘shqin faoliyati orqali yashirin siyosiy ekstremizm xavfi bartaraf etiladi.
Davlat milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi asosiy mas’u- liyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu hol davlat hokimiyati organlarini isloh qilish muammolariga e’tiborni kuchaytirishni zarur qilib qo‘yadi. Bunda hokimiyatning markazidan joylarga o‘tish jarayoni mintaqaviy separatizmga olib kelmasligi kerak. Jamiyat hayotini demokratiyalash esa turli shiorlar ostida siyosiy ekstremizmning avj olishi uchun asos bo‘lmasligi lozim. Shu sababli yangi bosqichda gap ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida davlatning roli pasayishi haqida emas, balki yanada aniqroq yuzaga chiqishi, strategik yo‘nalishlar belgilanishi va ularda yaqin kelajakda davlatning yetakchi roli saqlanib qolishi to‘g‘risida boradi.
Milliy xavfsizlik, mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlit- ligini ta’minlashga hozirgi bosqichda birinchi galda tashqi kuchlar ko‘proq tahdid solmoqda»1.
Milliy xavfsizlik sohasi va davlat chegaralarini himoya qilish tizimlaridagi boshqaruv Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy xavfsizlik xizmati «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi_ 1991-yil 31-avgust qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgust farmoni va 1991-yil 26-sentabr farmonlariga asosan tashkil etilgan. MXXning nizomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi 1991- yil 25-oktabr qarori bilan qabul qilingan.
Respublikamiz milliy xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati organlariga yuklatilgan. Qoraqalpog‘istonda respublika milliy xavfsizlik xizmati; viloyatlarda

  • milliy xavfsizlik xizmati boshqarmalari; shaharlar va tumanlarda

  • milliy xavfsizlik xizmati bo‘linmalari tashkil etilgan. Barcha xavfsizlik xizmati organlari pastdan yuqoriga, ya’ni tuman

«Milliy xavfsizlikka mamlakat ichida tug‘ilayotgan tahdid

demokratik nodavlat, fuqarolik tuzilmalarini mustahkamlash yo‘li bilan ancha samarali barham toptiriladi. Bu tuzilmalarda aholining
1 Kapumoв И. А. ¤çáåkèñòîí ÕÕI аñð áуñа²аñèда: õаâôñèçлèkkа òа³дèд, áаð³аðîðлèk øаðòлаðè âа òаðа³³èëò kаôîлаòлаðè. – T., 1997. – 161-162-á.

bo‘linmasi viloyat boshqarmasiga, viloyat boshqarmasi respublika Milliy xavfsizlik xizmatiga bo‘ysunadi.
Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) va uning joylardagi organlari xorijiy davlatlar va xorijiy tashkilotlar maxsus xizmatlarining O‘zbekistonga qarshi qaratilgan razvedka-qo‘poruvchilik faoliyatiga qarshi kurash olib boradilar, O‘zbekiston Respublikasining mus- taqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini, iqtiso- diy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuz- lardan himoya qilishni amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi MXX respublika qo‘mitasining huquqlari bilan ta’minlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezi- dentiga bo‘ysunadi. MXX O‘zbekiston Respublikasi davlat hoki- miyati va boshqaruv organlarining barqaror ishlashini ta’minlash va mamlakatimizni nodo‘stona kayfiyatdagi davlatlar maxsus xizmatlarining razvedka-qo‘poruvchilik va boshqa xil jinoiy tajovuzlardan samarali himoya qilish uchun javobgardir va O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidenti hamda Oliy Majlisning oldida muntazam hisob berib turadi.
Milliy xavfsizlik xizmati va uning joylardagi organlari o‘zlarining amaliy faoliyatida fuqarolar bilan yaqindan aloqada bo‘lishga, doimo ularning yordamiga suyanishga majburdirlar.
MXXga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
MXX Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbe- kiston Respublikasi MXX Raisining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar.
Milliy xavfsizlik xizmatining Raisi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan respublika vazirligiga berilgan huquqlardan foydalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi MXX amaldagi buyruqlar va ko‘rsatmalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Kons- titutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmagan operativ-qidiruv va boshqa xil xizmat faoliyatlarini amalga oshiradi.
MXX Raisi va uning o‘rinbosarlari o‘z huquqlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni bajarish maqsadida buyruqlar, ko‘rsatmalar va yo‘riqnomalar chiqaradilar. Milliy xavfsizlik xizmati organlari ishini tashkil etish masala- larini hal etish uchun tarkibida Xizmat raisi — Kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va Xizmatning boshqa rahbar xodimlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati kengashi tuziladi. Kengash a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Xizmat raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
Milliy xavfsizlik xizmatining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlari yo‘lida razvedka va kontrrazvedka faoliyati bilan shug‘ullanish va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati organlari:

    • razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshiradilar; davlat xavfsizligi manfaatlariga tajovuz qiladigan terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradilar; O‘zbekiston Konsti- tutsiyasi mustaqilligini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlaydilar; chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining diðlo- matiya, savdo va boshqa rasmiy vakillarining xavfsizligini ta’min- laydilar, zarur hollarda, Respublika fuqarolarining chet elga jo‘nab ketishida va u yerda bo‘lishida ularning xavfsizligini ta’minlashni tashkil etadilar;

    • O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlari bo‘linmalari bilan hamkorlikda xizmat qilish uchun respublika davlat chegarasining daxlsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radilar;

    • O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xavfsizlik manfaatlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan xabardor qilib turadilar; O‘zbekiston Prezidentini, davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlari xavfsizlik, ijtimoiy-iqtisodiy, mudofaa qurilishi va fan-texnika taraqqiyoti, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq vazifalarni hal etish uchun

ularni zarur bo‘lgan axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot berish-tahlil qilish ishlarini amalga oshiradilar; xavfsizlik manfaat- lariga daxldor bo‘lgan ijtimoiy jarayonlarni va muammolarni tadqiq qiladilar va oldindan aytib beradilar; iqtisodiyot sohasi va boshqa obyektlarda davlat sirlarini saqlashga oid choralar ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadilar; tijorat sirlarini saqlashda korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga yordam ko‘rsatadilar;

    • xavfsizlik organlari ixtiyoriga o‘tkazilgan jinoyat ishlari bo‘yicha surishtiruv va dastlabki tergov ishlarini olib boradilar; bunday jinoyatlarni sodir etgan yoki sodir etishda gumon qili- nayotgan shaxslarni qidirishni amalga oshiradilar; jinoyat sodir qilgan shaxslarning hisobini yuritadilar;

    • iqtisodiyot sohasi va boshqa obyektlarda xavfsizlikni ta’minlaydilar;

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston davlat hokimiyati va yuqori boshqaruv organlarining qarori bo‘yicha ichki ishlar organlari bilan birgalikda fuqarolarni himoya qilishda, transport va aloqa, aholi hayotini ta’minlash obyektlarini, muhim iqtisodiyot sohasi va harbiy obyektlarni qo‘riqlashda; qonuniylikni va huquq-tartibotni tiklashda; ommaviy tartibsizliklarni, millatla- raro nizolarning oldini olishda; atom energetikasi obyektlaridagi, neft va gaz mahsulotlari quvurlaridagi, transportdagi, sanoatning mudofaa tarmoqlari obyektlaridagi va boshqa muhim xo‘jalik obyektlaridagi yirik avariyalarning, xalokatlarning va boshqa favqulodda hodisalarning oldini olishga oid tadbirlarni amalga oshirishda, tabiiy ofatlar, epidemiyalar, epizootik kasalliklar, ekologik halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning oqibatlarini tugatishda; maxsus yuklarni tashishning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan choralar ishlab chiqish va amalga oshirishda boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishtirok etishda; urush davrida milliy xavfsizlik organlarining safarbarlik tadbirlarini ta’minlashda; davlat sirlarini saqlashga, bojxona qoidalariga, qurol va o‘q-dorilar sotib olish va saqlashga tegishli masalalarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini ishlab chiqishda qatnashadilar;

    • davlat organlarining so‘rovlari bo‘yicha davlat sirlaridan iborat ma’lumotlarni yaxshi bilgan shaxslar to‘g‘risida, ularning chet elga jo‘nab ketayotganliklari va fuqarolikdan chiqishlari haqidagi iltimosnomalari munosabati bilan axborotlar taqdim etadilar;

    • milliy xavfsizlik organlarining moddiy-texnika bazalarini rivojlantirish rejalarini, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqadilar va ularni amalga oshiradilar; o‘z xavfsizliklarini ta’minlashga oid tadbirlarni amalga oshiradilar.

Milliy xavfsizlik organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni davlat kafolatlaydi.
Milliy xavfsizlik xizmati organlari O‘zbekiston Respubli- kasining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadilar.
Davlat chegaralarini himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asosan hamda Respublika Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitani tashkil qilish to‘g‘risida»gi 1999-yil 13-yanvarda qabul qilingan farmoniga muvofiq Chegara qo‘shinlari Bosh shtabi negizida Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi tashkil etilib, uning chegarani himoya qilish sohasida asosiy vazifalari belgilanib, Chegara qo‘shinlari esa, MXX tarkibidan chiqarilgan edi. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Preziden- tining 2004-yil fevraldagi farmoni va O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprel qonunlariga asosan Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi MXX tarkibiga kiritildi. Endilikda davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi munosabatlarni nazorat qilish hamda respublika chegarasiga doir siyosat MXX chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshiriladi.
MXX chegara qo‘shinlarining faoliyati O‘zbekiston Respub- likasining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘ri- sida»gi 1999-yil 20-avgust qonuni bilan tartibga solinadi.
Ushbu qonunining maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini belgilash, o‘zgartirish, himoya qilish va qo‘riqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi - O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat.
Davlat chegarasi rejimi:

    • davlat chegarasini jihozlash va uni asrash ustidan nazorat qilish;

    • davlat chegarasining shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o‘tilishi;

    • davlat chegarasi orqali tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni olib o‘tish;

    • davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari, tovarlar, boshqa mol-mulk va hayvonlarni o‘tkazish;

    • davlat chegarasida yoki uning yaqinida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat yuritish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidan iborat.

Davlat chegarasi rejimi O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbe- kiston Respublikasining davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonunining 33-moddasiga binoan Ichki ishlar vazirligi: davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash sohasida davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlashga doir tadbirlarni amalga oshirishda chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadi; chegara oldi zonasida chegara oldi rejimiga rioya etilishi ustidan hamda davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlariga tutash hudud- larda huquq-tartibotga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining ishtirokini ta’minlaydi; chegara oldi hududlarida huquq-tartibotning holati to‘g‘risida chegara qo‘shinlariga axborot beradi; davlat chegarasini himoya qilishda Ichki ishlar vazirligining harbiy tuzilmalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishini ta’minlaydi; chegara qo‘shinlarining taqdimnomasiga binoan chegara oldi qidiruv ishlari va operatsiyalari o‘tkazilayotgan paytda, shuningdek harbiy xurujni qaytarish yoki davlat chegarasi orqali noqonuniy ommaviy o‘tishlarning oldini olish chog‘ida davlat chegarasiga yaqin ayrim uchastkalar yoki obyektlarga fuqarolarning o‘tishini vaqtincha cheklash yoki man etishni ta’minlaydi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin