O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə187/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Muddatli harbiy xizmat — harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida Qurolli Kuchlar safidagi majburiy xizmatidir.
Muddatli harbiy xizmat muddatlari kalendar hisobida:

  • muddatli harbiy xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun — o‘n ikki oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun — to‘qqiz oy);

  • muddatli harbiy xizmatni chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun — to‘qqiz oy qilib belgilanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat. Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsið asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomo- nidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisobvarag‘iga pul badallari kiritilishini nazarda tutadi.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga shaxslar yigirma yetti yoshga to‘lgunga qadar olinadilar va har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz ro‘y bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar yigirma yetti yoshga to‘lganlaridan keyin Qurolli Kuchlar rezervi tarkibiga o‘tkaziladilar.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiq- lanadigan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi nizom bilan belgilanadi.
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi «Umumiy harbiy majbu- riyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18 va 19-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi 2008-yil 11-dekabr qonuniga asosan fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish uchun qayd etish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari huzurida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida amalga oshiriladi va ro‘yxatga olinayotganlarning turar-joylarida o‘tkaziladi. Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular o‘n olti yoshga to‘lgan yili aprel — iyun oylarida amalga oshiriladi.
Fuqarolarning muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan yiliga bir marta — fevral-mart oylarida o‘tkaziladi.
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:

    1. salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;

    2. yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiri- luvchilar;

    3. ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

Yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluv- chilar o‘z roziliklari bilan harbiy xizmatga chaqirilishlari mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar
harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida, harbiy xizmat nazarda
tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy xizmatni kasb tariqasida tanlagan fuqarolar kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘taydilar.
Harbiy xizmatni o‘tash muddatlari va asosiy shartlari kontrakt- da belgilanadi.
Harbiy xizmat talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar ixtiyoriy ravishda kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kiradilar:
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan, harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlik ko‘rmagan harbiy xizmatga majburlar va ayollar — oddiy askarlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga; muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan oddiy askarlar va serjantlar tarkibidagi qirq yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan va harbiy hisobdagi ixtisoslik bo‘yicha tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar — oddiy askarlar va
serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga;
o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatga majbur ayollar — oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga; o‘n yetti yoshdan yigirma bir yoshgacha bo‘lgan fuqarolar,
shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan, o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar — harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari tariqasida harbiy xizmatga;
qirq yoshgacha bo‘lgan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar — ofitserlar tarkibi lavozimlariga harbiy xizmatga kiradilar.
Ayni paytda dastlabki kontrakt xizmatni oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha uch yil, ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tash bo‘yicha besh yil muddatga tuziladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari bilan o‘qish davri uchun kelgusida ularning ofitserlar tarkibi lavozimlarida
harbiy xizmatni kamida besh yil majburiy o‘tash sharti bilan kontrakt tuziladi.
Harbiy xizmatning kontraktda nazarda tutilgan muddati tugaganidan keyin taraflarning kelishuvi bilan bu muddat yangi kontrakt tuzish orqali uzaytirilishi mumkin.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirayotgan fuqarolar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Fuqarolar harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora bilan harbiy xizmatni o‘tash to‘g‘risida kontrakt tuzadilar.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash tartibi, muddatlari va kontraktlar tuzish hamda oliy harbiy-ta’lim muassasalarining kursantlari bilan kontraktlar tuzish «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi nizom bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat

  • O‘zbekiston Respublikasining «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi (yangi tahrirdagi) qonuni va O‘zbekis- ton Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi 2003 yil 25 aprel qonunlari asosida belgilanadi.

Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati — haqiqiy harbiy xizmatni, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar jumlasidan bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar uchun Qurolli Kuchlarning qo‘shilmalari, qismlari va bo‘linmalari safini urush davrida taqozo etiladigan shtatlar darajasiga qadar to‘ldirish, shuningdek urush davri taqozo etadigan tuzilmalarni kuchaytirish maqsadida umumiy harbiy majburiyat asosida joriy etiladigan harbiy xizmat turidir.
Harbiy yig‘inlarni o‘tash muddatlari O‘zbekiston Respublikasi
«Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonu- nining 32-moddasida belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Muqobil xizmatni tashkil etish va
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uni o‘tashi tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi_ 2003-yil 11-mart qarorlari bilan muqobil xizmatni o‘tash tartibi belgilangan.
Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv bo‘yicha harbiy xizmat o‘rniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida turidir.
O‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan, harbiy ro‘yxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim bo‘lgan fuqarolar, agar ular diniy ta’limoti qurol-yarog‘dan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yo‘l qo‘ymaydigan, ro‘yxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega. Muqobil xizmatning muddati yigirma to‘rt oyni, oliy ma’lu-
motli fuqarolar uchun esa o‘n sakkiz oyni tashkil etadi.
Fuqarolarning muqobil xizmatga chaqirilishi muddatli harbiy xizmatga chaqiriladiganlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi, chaqiruvni tashkil etish va o‘tkazish esa tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari va hokimliklari zimmasiga yuklatiladi.
Fuqarolar muqobil xizmatni turar joylaridagi yoki mamlakat- ning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda o‘taydilar. Bunday korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxati, shuningdek muqobil xizmatdagi xizmatchilar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan ishlar va kasblarning turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarga ish haqining sakson foizi to‘lanadi.
Muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolarning ish haqidan ushlab qolinayotgan summalar respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri- dagi muqobil xizmat tuzilmalariga rahbarlikni mudofaa ishlari organlari amalga oshiradi.
Muqobil xizmatni tashkil etish va o‘tash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Muqobil xizmatdagi xizmatchilar harbiy tayyorgarlik yig‘in- lariga (mashg‘ulotlariga) jalb etiladilar, ular shu asnoda qurol-
yarog‘dan foydalanish, ularni qo‘llanish bilan bog‘liq bo‘lmagan harbiy hisobdagi ixtisoslikni egallaydilar va Harbiy qasamyod qabul qiladilar. Harbiy tayyorgarlik dasturi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin