O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat sohasini boshqarish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə185/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va mehnat sohasini boshqarish


Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2007-yil 6-aprel qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95- sonli qaroridan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to‘g‘risida nizomi tasdiqlandi1.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat, bandlik, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta’minlash sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘y- sunadi.
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi;
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari;
bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari; tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari;
hududiy reabilitatsiya markazlari;
nogironlar va qariyalar uchun «Muruvvat» va «Saxovat» uylari;
urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar;
Toshkent shahrida ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi;
Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish Respublika inspeksiyasi;
tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari;
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi;
Toshkent va Farg‘ona shaharlarida nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan respublika kasb-hunar kollejlari;
2-son yuridik kolleji;
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimi xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslari;
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi;
fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi mintaqaviy byurolar;
Jo‘nab ketishdan oldingi moslashuv va o‘qitish markazi; Axborot-kompyuter markazi;
Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy bo‘linmalari, tasarrufidagi boshqa tashkilotlar orqali hal qiladi.
Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Vazirlik va uning bo‘linmalarining moddiy-texnik ta’minoti, shuningdek vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustah- kamlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida depozit va boshqa hisob raqamlariga, shu jumladan
valuta va maxsus hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • mintaqalar bo‘yicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va tarkibiy qayta tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining o‘sishini ta’minlash;

  • demografik o‘zgarishlar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bog‘liq o‘zgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

  • ishga joylashishga muhtoj, ish bilan band bo‘lmagan aholiga kasbiy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatish;

  • aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarga yordam ko‘rsatishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni kuchaytirish;

  • mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish, amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, moddiy rag‘batlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizm- larini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funk- siyalarni amalga oshiradi:
Mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta’minlash sohasida:
Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublika va hududlarning demografik rivojlanishi borasida bashoratlarni amalga oshiradi, aholini ish bilan samarali ta’minlash chora-tadbirlari kompleksini asoslagan holda mehnat resurslarining bashorat balanslarini ishlab chiqadi;
respublika va hududlarning mehnat resurslari soni va tarkibini o‘rganadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
aholining ish bilan bandlik darajasi va tarkibini eng to‘liq va xolisona baholashni ta’minlash, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozori ahvolining monitoringini tashkil etadi;
hududlarning demografik rivojlanish bashoratlari asosida aholini ish bilan ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
migratsiya jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migrat- siyasini va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishini tadqiq etadi hamda ularning natijalari asosida ishchi kadrlar va o‘quv yurtlarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va hokazo.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida 9 kishi

  • Vazir (hay’at raisi), vazir o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek vazirlik va uning tizimi boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi, vazir va uning o‘rinbosarlari bundan mustasno.
Vazirlik hay’ati o‘zining muntazam ravishda o‘tkaziladigan majlislarida vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqadi, vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari, o‘ziga qarashli boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi, Vazirlikning muhim buyruqlari va boshqa hujjatlari loyihalarini muhokama qiladi.
Hay’at qarorlari vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lganda u bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masiga axborot bergan holda, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlari hamda bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga hamda Vazirlikka bo‘ysunadilar va hisobot beradilar.
Viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari rahbarlarini tayinlash tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan sohalarda ichki ishlar organlarining ham o‘rni beqiyosdir. Ular mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan shaxslar hamda jazoni ijro etish joylaridan bo‘shatilgan shaxslarni ishga joylashtirish choralarini ko‘radilar. Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilganlarni mehnatga jalb qilish bo‘yicha hokimiyatlar huzuridagi maxsus komissiyalar va ijtimoiy moslashuv markazlari orqali tegishli choralar ko‘rilishini tashkil etadilar.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar

  1. Ta’lim sohasini boshqarish qanday tartibda amalga oshiriladi?

  2. Ta’lim sohasini boshqarish organlari tizimi va huquqiy holati qanday?

  3. Sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish haqida so‘zlab bering.

  4. Sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish organlari va huquqiy holati haqida tushuntirib bering.

  5. Madaniyat va sport sohasini boshqarish organlari va ularning huquqiy holati nimalardan iborat?

  6. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza etish sohasini boshqarish organlari, huquqiy holati haqida so‘zlab bering.







  1. bob

MA’MURIY-SIYOSIY FAOLIYAT SOHASINI BOSHQARISHNI MA’MURIY-HUQUQIY TARTIBGA SOLISH



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin