O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə28/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Inspeksiyalar


  1. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

Bozor islohotlarining hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarishni yanada erkinlashtirish, ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish, korporativ boshqaruv me’yor va tamoyillarini keng joriy etish, xo‘jalik birlashmalarini unifikat- siyalash va ular faoliyatini tashkil qilish samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003- yil 22-dekabr farmoniga asosan xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy tashkiliy-huquqiy shakllari belgilandi1. Unga ko‘ra, xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy tashkiliy-huquqiy shakllariga aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar kiritildi.
Shuningdek, Farmonda xo‘jalik boshqaruvi organlarining asosiy vazifa va funksiyalari sifatida quyidagilar qayd etilgan.

  • tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;

  • marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozor- larda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga ko‘maklashish;

  • korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam berish;

  • ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;

  • kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish.

  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin