O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Markaziy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning maqomi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə25/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Markaziy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ularning maqomi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93-moddasining 8- bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqa- ruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasida markaziy davlat boshqaruvi organi, davlat mahkamasining muhim qismi sifatida vazirliklar faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlik — alohida bir sohaga rahbarlik qiladigan ijrochi organ bo‘lib, uning asosiy vazifasi iqtisodiyotning muayyan tarmog‘iga, ijtimoiy-madaniy qurilish va ma’muriy-siyosiy faoliyatga rahbarlik
qilishdan, o‘ziga topshirilgan tarmoqning har jihatdan rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Davlat qo‘mitalari — umumdavlat vazifalarini bajaradigan sohalararo markaziy davlat boshqaruvi organidir. Davlat qo‘mitalari tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Davlat qo‘mitasi tegishli tarmoqdagi ahvol uchun mas’ul hisoblanadi. «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘- risida»gi qonunga binoan davlat qo‘mitalari faoliyati ustidan nazoratni Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
Agentlik — davlat boshqaruvi sohasida bosh tuzilma yoki markaziy boshqaruv maqomiga ega bo‘lgan maxsus vakolatli mustaqil organdir.
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi bosqichi talablariga muvofiq iqtisodiyotni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo‘yish, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘ri- sida»gi 2003 yil 9-dekabr farmoniga asosan, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari jumlasiga kiritildi1.
Ushbu Farmon bilan Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining quyidagi ro‘yxati tasdiqlandi.



    1. Yüklə 6,58 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin