O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə23/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomi




O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik instituti «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini ta’sis etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Asosiy qonuniga)ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1990- yil 24-mart qonuniga asosan joriy etilgan. «Prezident» tushunchasi konstitutsiyaviy-huquqiy ma’noda davlat boshlig‘ini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul
qilingan Konstitutsiyasiga muvofiq Prezidentlik instituti – hokimiyatlar bo‘linishi prinsiðiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-93-moddalarida hamda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida»gi 2003-yil 25-aprel qonuni2 bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda
faoliyati yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga asosan Prezident lavozimiga nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: birinchidan, 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, faqat O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi Prezident etib saylanishi mumkin;
ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lib, faqat O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi saylanishi mumkin; uchinchidan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Prezidentlikka saylanishi mumkin. Bu muddat — Prezidentlikka nomzodga faqat bilimlar va amaliy tajribalarni emas, balki O‘zbekistondagi hayotning o‘ziga xos sharoitlarini tushunish
uchun ham zarur va yetarlidir;
to‘rtinchidan, davlat tilini yaxshi biladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Prezidentlikka saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respub- likasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi.
Prezident o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘li- shi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. (91-m.) Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ili- shida, Konstitutsiyaning 92-moddasida o‘z ifodasini topgan qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasiga ko‘ra, O‘zbe- kiston Respublikasining Prezidenti:

  • fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

  • O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masala- lariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora- tadbirlar ko‘radi;

  • mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;

  • muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublika- sining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;

  • o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diðlomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diðlomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

  • ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi;

  • Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi va lavozimidan ozod qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiq- laydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xo‘jalik sudi raisi va sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

  • viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo‘jalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;

  • viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr- qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;

  • respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi; qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun O‘zbekiston Res- publikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

  • O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig‘iga kiritadi;

  • favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartib- sizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbe- kiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mon- donlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

  • amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbe- kiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini tuzadi. Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;

Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaning 94- moddasiga muvofiq o‘z vazifalari va Konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirish maqsadida serqirra huquq ijodkorlik faoliyatini yuritadi. Prezident Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Prezident tomonidan qabul qilinadigan mazkur normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan tashkiliy- huquqiy masalalarni davlat boshlig‘i nuqtai nazaridan amalga oshirish mexanizmini belgilab berishi bilan birga ularning mohiyatini aks ettiradi. Prezidentning huquq ijodkorlik faoliyati doirasida qabul qilgan hujjatlarining huquqiy tabiati o‘ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari huquqni qo‘llash xususiyatiga, normativ maz- munga, individual-tashkiliy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Konstitutsiyaning 95-moddasiga binoan, Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi
hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasi va Senati favqulodda holat joriy etilgan davrda tarqatib yuborilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli o‘z vazifasini bajara olmasligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi- ning palatalari qo‘shma qaroriga ko‘ra tuzilgan davlat tibbiy komissiyasi xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda o‘n kun muddat ichida palatalarning qo‘shma favqulodda yig‘ilishida deputatlar, senatorlar orasidan uch oygacha bo‘lgan muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda uch oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi o‘tkazilishi shart (96-m).
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi(97-m.).



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin