I k k i n c h i b o ‘ l i m
MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI
IV bob
IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI
1-§. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tushunchasi va xususiyatlari
Ijro etuvchi hokimiyat organlari davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan hamda davlat hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat hokimiyatining mustaqil bir bo‘g‘inidir. Ma’muriy huquq sohasi olimlarining fikricha, ijro etuvchi hokimiyat subyektlari o‘rnatilgan vakolatlar (kompetensiya) doirasida davlat boshqaruvini amalga oshiradilar, shuningdek ijro etuvchi hokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimidan tashqarida bo‘lishi mumkin emas. Binobarin, ijro etuvchi hokimiyat bu hokimiyat organlari tizimining bir qismi bo‘lgan, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv faoliyatining maxsus shakl va usullaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishiga, vakolatlar doirasi (kompetensiya)ga, davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo‘lgan tashkilotdir1 .
Ijro etuvchi hokimiyat organi shu hokimiyat mexaniz- mi(tizimi) ning tarkibiy qismi bo‘lib, davlat nomidan ish ko‘radi, ijro etish va farmoyish berish faoliyatni amalga oshiradi, o‘zining qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasi hamda tuzilishiga ega, faoliyatining o‘ziga xos shakl va usullarini qo‘llaydi.
1 Qarang: Бaxpax Д.Н., Poccuncкuũ Б.B., Gmapunoв Œ.Н. Àдìèíèñ- òðаòèâíîå пðаâî. Ó÷åáíèk для âóçîâ. – Ì.; 2004. – C. 186. Xoжueв ℈., Xoжueв
T. Ìаúìóðèé µó³ó³. Даðñлèk. – T. 2006. – 189-á.
Ushbu organlar faoliyatining mazmuniga ko‘ra davlat boshqaruvini amalga oshiradi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘zining davlat-huquqiy tabiatiga ko‘ra, o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, funksional ahamiyatiga ko‘ra esa, davlat hokimiyatining boshqa organlaridan farq qiladi. Shu bilan birga, ijro etuvchi hokimiyat organlari davlatning muayyan funksiya va vazifalarini ta’minlashda qonunchilik hamda sud organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatlar turli xil kelishuv komissiyalari, vakillik organlarning yig‘ilishlarida ijro etuvchi hokimiyat organi rahbarining hisobotini eshitish kabi shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining bir necha xususiyatlarini qayd etish mumkin.
Birinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organi – qonun chiqa- ruvchi va sud hokimiyati singari davlat apparatining mustaqil bug‘ini hisoblanadi, u davlatning xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiy, tarmoqlararo sohalarida ijro etish va farmoyish berish faoliyatini amalga oshiradi. Ikkinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari huquqiy hujjatlarni qabul qilish, o‘rnatilgan talablar va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, huquqiy aktlar talablarining buzilishidan turli boshqaruv usullari orqali himoya qilishdan iborat davlat-hokimiyat vakolatlariga ega. Uchinchidan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati qonun osti xususiyatga ega, ya’ni ular o‘z faoliyatini qonun asosida va qonunlarni ijro etish maqsadida amalga oshiradi. To‘rtinchidan, har bir ijro etuvchi hokimiyat organi o‘zining funksiyasi va vakolatlari doirasiga ega. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining asosiy funksiyalari va vazifalari belgilab berildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003-yil 9-dekabr farmonida Respublika davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari etib quyidagilar belgilangan.
– O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respub- likasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy
hujjatlarning amalda ro‘yobga chiqarilishini, ular ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratning amalga oshirilishini ta’minlash;
tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki xavfsizligini ta’minlash;
mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish- larini belgilash, davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish, iqtisodiy islohotlarni ro‘yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
insonning konstitutsiyaviy huquqi va erkinliklarini, aholining ta’lim, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish;
tegishli huquqiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifi- katlashtirish va standartlashtirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish;
soliqlar, bojxona to‘lovlarini yig‘ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo‘li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish. Beshinchidan, har bir ijro etuvchi hokimiyat organi tashkiliy tuzilishga ega, ya’ni zaruriy moddiy-texnik, moliyaviy, axborot va boshqa resurslar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Oltinchidan, har bir ijro etuvchi hokimiyat organi davlat faoliyatini muayyan hududda amalga oshiradi.
Shunday qilib, ijro etuvchi hokimiyat organi — bu o‘z tuzilishiga, vakolat doirasiga, faoliyat ko‘rsatish hududiga ega, tegishli qonunchilik hujjatlarida tashkil etiladigan, davlat nomidan ish ko‘radigan, ijro etish va farmoyish berish tartibida xo‘jalik, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiy, tarmoqlararo sohalarga rahbarlikni amalga oshiruvchi, davlat mexanizmining mustaqil tarkibiy bo‘g‘inidir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarini quyidagi asoslarga ko‘ra tasniflash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |