O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə24/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

3-§. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi 2003 yil 29- avgust qonuni bilan tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi
hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62- sonli qaroriga bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti»da o‘z ifodasini topgan.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik bosh- qaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiðlariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi, mulkchi- likning barcha shakllarini uyg‘unlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;
xo‘jalik yuritishning yangi shakllari — konsernlar, konsor- siumlar, tarmoqlararo birlashmalar, turli uyushmalar va boshqa shunga o‘xshash tashkilotlarni barpo etishga va mustahkamlashga yordamlashadi, iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi talab-ehti- yojlarini qondirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ular faoliyatini yo‘naltiradi va muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustah- kamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashadi, yagona narx siyosatini o‘tkazish, mehnatga haq to‘lash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy ta’minot darajasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbol ko‘rsatkichlari va eng muhim dasturlarini ishlab chiqish hamda ular ijrosini tashkil etadi;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi;
fan va texnikani rivojlantirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini, ularning mehnat qilishga, ijtimoiy va huquqiy himoyalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash hamda himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtiradi;
sog‘liqni saqlash, xalq ta’limini rivojlantirish va takomillash- tirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlan- tirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini, davlat chegaralari qo‘riqlanishini ta’minlash, davlat manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash chora- tadbirlarini amalga oshirishga yordamlashadi;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini birgalikda o‘tkazish hamda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi, yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbir- larini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini ta’minlaydi, hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo‘naltirib boradi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat boshqa- ruvining boshqa organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ta’minlanadigan davlat boshqaruvi boshqa organlarining markaziy
devoni xodimlari sonini va ular ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini belgilaydi.
Vazirlar va davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozi- midan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomo- dan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
Davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‘lganda o‘z vakolatiga kiruvchi davlat boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respub- likasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga kiritilgan bo‘lmasa, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va o‘z bo‘yso‘nuvidagi davlat boshqa- ruvi boshqa organlariga berishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Res- publikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun o‘z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va unga
kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari majlislarida hozir bo‘lish va axborot berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda ma’lum qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, Qonunchilik palatasi deputatidan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatidan, Senat a’zosidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga bo‘ysunuvchi davlat yoxud xo‘jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir parlament so‘rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Hukumati a’zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatalarining
majlislarida og‘zaki yoki yozma javob berishi shart.
Vazirlar Mahkamasi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, uning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining hamda Oliy Majlis
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda xo‘jalik va ijtimoiy- madaniy qurilish masalalariga doir boshqa hujjatlar qanday bajarilayotganligi haqidagi ma’lumotlarini eshitadi;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflarini ko‘rib chiqadi;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan tarmoqlararo va mintaqaviy o‘ta muhim kompleks dasturlarni amalga oshirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqlariga rioya etilishini ta’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlarining ijro etilishini o‘z vakolati
doirasida to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlantirishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga taalluqli masalalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilayotganda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining fikri hisobga olinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining doimiy vakolatxonasi bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida:
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirilishini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan hal etilishi talab qilinadigan masalalarga doir takliflarini ko‘rib chiqadi, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining bajarilish jarayonini nazorat qiladi, ularning amalga oshirilishi yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarini taklif qilish hamda ularning axborotlarini eshitishga haqli;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi, bunda chiqib qoladigan bahsli masalalarni hal etadi;
hududlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat devonining soni va namunaviy tuzilmasini belgilaydi;
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini to‘xtatib qo‘yish hamda ularni bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat notijorat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq ularga zarur ko‘mak ko‘rsatadi. Davlat boshqaruvining, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy quri- lishning eng muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlis-
larida hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‘tkazadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahka-
masining majlislarida raislik qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining majlislarini tayyorlash va o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti bilan belgilanadi.
Quyidagilar faqat Vazirlar Mahkamasining majlislarida ko‘rib chiqiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini ishlab chiqish va ijro etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi aniq maqsadli davlat fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalari;
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish masalalari, O‘zbe- kiston Respublikasini va uning ayrim mintaqalarini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirish dasturlari loyihalari;
davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hajmi hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzi ko‘lamini oshirish to‘g‘risidagi takliflar;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarini belgilash hamda o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish dasturlarining loyihalari hamda xususiylashtirishdan olingan mablag‘lardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi takliflar;
belgilab qo‘yilgan davlat narxlari qo‘llaniladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar ro‘yxati;
qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonunlar loyihalari; davlatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolash to‘g‘risidagi
takliflar.
Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi qonunning 15-moddasida Bosh vazirning huquqiy maqomi belgilangan. Unga asosan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi hamda uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi. Shuningdek Bosh vazir quyidagi vakolatlarga ega:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazirning o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;

  • Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi;

  • Vazirlar Mahkamasining qarorlarini imzolaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi hamda hukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzolaydi;

  • davlat va xo‘jalik boshqaruvining Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish talab etilmaydigan masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Res- publikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Bosh vazir o‘z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan farmoyishlar chiqaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Bosh vazir yo‘qligida uning vazifasini Bosh vazir o‘rinbo- sarlaridan biri bajaradi.
O‘zbekiston Bosh vazirini tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat boshqaruvini yan-
gilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni moder- nizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘ri- sida»gi 2007-yil 11- apreldagi konstitutsiyaviy qonunida belgi- langan1.
Ushbu Qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylanganidan va organlari shakllanti- rilganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng O‘zbekiston Res- publikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati ko‘rib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy soni- ning ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezi- denti siyosiy partiyalar fraksiyalari va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan qo‘shimcha maslahatla- shuvlar o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasi yoki Senati taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘zbekiston Respub- likasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:

  1. Bosh vazirning iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasiga binoan;

  2. Bosh vazir o‘z vakolatlarini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Res- publikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashab- busiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbusni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qo‘yilganda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Bosh vazirning o‘rinbosarlari vazifalar taqsimotiga muvofiq o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoqdagi ishlarning ahvoli uchun javob beradilar, tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni, ularning ishini nazorat qilishni amalga oshiradilar hamda ularga topshiriqlar beradilar, Vazirlar Mah-
kamasi muhokamasiga kiritilgan takliflarni hamda qaror va farmoyishlarning loyihalarini dastlabki tarzda ko‘rib chiqadilar.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari:
o‘zlariga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javob beradilar;
Vazirlar Mahkamasining majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadilar;
Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalarni ko‘rib chiqish haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining loyihalarini tayyorlash tashabbusi bilan chiqishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a’zolari ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ul- lanishlari mumkin emas.
Bosh vazir va uning o‘rinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati Vazirlar Mahkamasining doi- miy organi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bosh vazirning qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a’zolari ham kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi doimiy komissiyalar tuzadi va ularning vazifalari, vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilaydi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomo- nidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar hamda farmoyishlar qabul qiladi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari Vazirlar Mahkamasining qarorlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respub- likasi Konstitutsiyasining 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‘zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O‘zbe- kiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plamida e’lon qilinadi, keng ommaga darhol yetkazish zarur bo‘lganda esa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.



  1. Yüklə 6,58 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin