Har qanday huquqbuzarlik tarkibi singari, ma’muriy huquq- buzarlik ham: huquqbuzarlikning obyekti va obyektiv tomoni, subyekti va subyektiv tomoni kabi xususiyatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ma’muriy huquqbuzarlikning obyekti — bu ma’muriy huquq normalari bilan o‘rnatilgan va muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Bu, birinchi navbatda davlat boshqaruvi sohasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida nafaqat ma’muriy huquq normalari bilan, balki ma’muriy-huquqiy vositalar bilan muhofaza etiladigan boshqa huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, moliya, yer, mehnat va h.k.lar) normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar ham vujudga keladi. Shu sababli, ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks normalari bilan himoya qilinadigan har qanday munosabatlarni kiritish mumkin.
Ma’muriy huquq nazariyasida huquqbuzarlik obyekti, odatda uch guruhga bo‘linadi:
Birinchidan,ma’muriy huquqbuzarlikning umumiyobyekti – davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10- moddasining 1-qismida ma’muriy huquqbuzarlik obyekti umumiy holda – «shaxs, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, mulkchilik, davlat va jamoat tartibi, tabiiy muhit» ko‘rsatib o‘tilgan.
Ikkinchidan,ma’muriy huquqbuzarlikning turdoshobyekti
keltirilgan obyektlardir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning Maxsus qismida ma’muriy huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar;
huquqbuzarlik oqibatida bevosita zarar yetkazilgan aniq obyekt hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 40- moddasida mustahkamlangan tuhmat huquqbuzarligining bevosita obyekti - fuqaroning sha’ni va qadr-qimmati hisoblanadi yoki 237-moddasiga binoan harbiy xizmatga yoki muqobil xizmatga chaqirilishdan bosh tortishda ifodalangan huquqbuzarlikning bevosita obyekti bo‘lib boshqaruv jarayonida o‘rnatilgan tartib, ya’ni fuqarolarning harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash majbu- riyati hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni — huquqqa xilof qilmish, ya’ni ma’muriy huquqbuzarlik obyektiga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik, uning xususiyatlari, shuningdek, uni sodir etish (yoki sodir etmaganlik) sharoitlari hisoblanadi.
ega:
Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomondan ikki ko‘rinishga
Birinchidan,ma’muriy huquqbuzarlikni harakatnatijasida
boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga halaqit berishi, avariya holatini vujudga keltirishi yoki yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin.
sodir etish. Harakat - insonning faol xulq-atvori hisoblanadi. Aksariyat ma’muriy huquqbuzarliklar, obyektiv tomondan shaxslarning harakati orqali sodir etiladi. Masalan, tuhmat, haqorat qilish, yengil tan jarohati yetkazish, o‘rnatilgan turli umummajburiy qoidalarni buzishda ifodalangan huquqbuzarliklar