Ikkinchidan, ma’muriy huquqbuzarlikning
harakatsizlik nati- jasida kelib chiqishi. Harakatsizlik – insonning belgilangan vazifa, majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlikda ifodalanadigan passiv xulq-atvori. Masalan, mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiq- maganlik, ota-onalarning bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi, hokimiyat vakili- ning qonuniy talablarini bajarmaganlikda ifodalangan huquq- buzarliklar — harakatsizlik natijasida kelib chiqadi.
Xuquqbuzarlikni sodir etish sharoitlari, ma’muriy huquqbu- zarlik obyektiv tomonining elementi sifatida, uni sodir etish vaqti va uslubini nazarda tutadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 90-moddasining 2-qismida ov qilish qoidalarini buzishning shartlari, ya’ni tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki uslublar bilan ov qilish yoki baliq tutish ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikning obyektiv tomoni — huquq normalari bilan nazarda tutilgan, mazkur huquqbuzarlikning tashqi ko‘rinishini ifodalaydigan xususiyatlar yig‘indisidir. Obyektiv tomon - qilmishni huquqbuzar xulq-atvorining tashqi ko‘rinishi sifatida ifodalaydi. Obyektiv tomon xususiyatlariga: huquqqa xilof harakat yoki harakatsizlik va ularning sodir etilishi bilan vujudga kelgan zararli oqibat kiradi. Masalan, transport vositalari haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish
harakat tezligini oshirish (harakat), yo‘l belgilariga rioya etmaslik (harakatsizlik)da ifodalanuvchi turli xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Bunday qilmishlar yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solishi,
Ma’muriy huquqbuzarlik obyektiv tomonining tarkibiy qismlariga, huquqqa xilof qilmish (harakat yoki harakatsizlik) va vujudga kelgan zararli oqibatdan tashqari,
sodir etilgan qilmish va undan kelib chiqadigan zararli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish ham kiradi. Bunday bog‘lanishni aniqlash - zararli oqibatlarning kelib chiqishi sharoitlarini, zararli oqibatlarning aynan mana shu yoki boshqa qilmish oqibatida vujudga kelganligini, qilmishning vujudga kelgan oqibatlarga qay darajada ta’sir etganligi va boshqalarni aniqlashga xizmat qiladi. Lekin ma’muriy huquqbuzarlikda sababiy bog‘lanishni aniqlashga hojat yo‘q, chunki qoida bo‘yicha vujudga kelgan zararli oqibatlar nomoddiy va odatda ijtimoiy zarar yoki ijtimoiy xavfli ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli, huquqqa xilof qilmish bilan uning oqibati o‘rtasida sababiy bog‘lanishning mavjudligiga shubha tug‘ilmaydi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar ikki ko‘rinishga:
formal yoki moddiy tarkibli huquqbuzarliklarga bo‘linadi.
Moddiy zarar kelib chiqishini nazarda tutmaydigan ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi –
formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarlik deb ataladi. Ma’muriy huquqbuzarliklar, jinoyatlardan farqli ravishda, aksariyat hollarda formal tarkibda bo‘lib, uni sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqishi yoki kelib chiqmasligidan qat’i nazar, javobgarlik nazarda tutiladi. Masalan, transport vositasi haydovchisi tomonidan harakat tezligini oshirish natijasida hech qanday moddiy zarar kelib chiqmagan bo‘lishi mumkin, lekin bu harakatni sodir etish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanib, unga nisbatan ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi.
Formal tarkibli ma’muriy huquqbuzarliklardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi MJTKda bir necha
moddiy tarkibli huquqbuzarliklar ham nazarda tutilgan. Bunday huquqbuzarliklarni sodir etish natijasida moddiy zarar kelib chiqqan bo‘lishi kerak. Masalan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li