O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Ma’muriy jazoni qo‘llash asoslari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə73/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

2-§. Ma’muriy jazoni qo‘llash asoslari




Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilinganda, ya’ni huquqbuzar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ma’muriy jazo — O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan doirada va tartibda qo‘llaniladi.
Ma’muriy jazoni qo‘llash asoslari yana quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

    1. ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomatining mav- judligi;

    2. ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs javobgarlikka tortish yoshiga yetgan bo‘lsa;

    3. g‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlikni sodir etgan shaxs aqli raso bo‘lsa;

    4. shaxs harakatni zaruriy mudofaa yoki oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqib sodir etsa;

    5. ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish paytida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa.

Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi sanksiyalarda – jazo chorasi va uning ruxsat etilgan me’yorlari (hajmi, miqdori)ning eng kami va eng yuqorisi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Ma’muriy jazoni qo‘llashda vakolatli organ (mansabdor shaxs) ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining, ya’ni, qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik va ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsiðlari1ga asoslanishi shartdir.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKda ma’muriy jazoning qo‘llanilishiga bag‘ishlangan alohida 4-bob ajratilgan bo‘lib, uning 30-moddasida ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalari o‘z aksini topgan. Mazkur ma’muriy-huquqiy normaga muvofiq ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqa normativ hujjatlarda belgilab qo‘yilgan doirada va tartibda qo‘llaniladi.
Vakolatli organlar va mansabdor shaxslar tomonidan ma’mu- riy jazoni qo‘llanish chog‘ida:

  • sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati;

  • huquqbuzarning shaxsi;

  • uning aybdorlik darajasi;

  • mulkiy ahvoli;

javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar; javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi.
Ma’muriy jazo qo‘llanishining mazkur umumiy qoidalariga barcha vakolatli organlar va mansabdor shaxslar rioya qilishlari shart.
Bundan tashqari ma’muriy jazoni qo‘llashda jazoni indivi- duallashtirish ham katta ahamiyat kasb etadi, ya’ni ma’muriy huquqda sodir etilgan qilmishning xususiyati, huquqbuzarning aybdorlik darajasi, shaxsi hamda qonunda nazarda tutilgan javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hi- sobga olgan holda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan sanksiyalar chegarasida unga jazo tayinlashdir.
Vakolatli organ (mansabdor shaxs) jazoni individuallashtirib, avvalo sodir etilgan qilmishning xususiyati, darajasi va huquq- buzarning shaxsini hisobga oladi. Bunda qilmishni qanday usulda, kim bilan birgalikda sodir qilinganligi, qaysi bosqichgacha olib borilgan — tayyorgarlik yoki tugallanganligi, huquqbuzar shaxs- ning voyaga yetmagan yoki yetganligi, huquqbuzarlikni birinchi bor yoki takroran sodir etishi, huquqbuzarlikni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etishi va hokazolar e’tiborga olinadi.
Jazoni individuallashtirishda aybdor shaxsning barcha ijobiy va salbiy xususiyatlari, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlash- tiruvchi holatlari hisobga olinishi lozim, chunki jazo asosan shaxsiy xususiyatga ega va aybdor shaxsga qo‘llaniladi1.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 31-moddasiga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  1. aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi;

  2. aybdorning huquqbuzarlik zararli oqibatlarining oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy ravishda qoplashi yoki kelti- rilgan zararni bartaraf qilishi;

  3. huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;

  4. huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;

  5. huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;

  6. huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 242-moddasida belgilangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar kodeks- ning 33-moddasiga asosan ma’muriy jazo chorasini qo‘llayotganda ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarni va huquqbu- zarning moddiy ahvolini inobatga olgan holda sababini albatta ko‘rsatib, kodeksning maxsus qismidagi moddalarning jazo belgilash qismida nazarda tutilgan eng kam jazodan ham yengilroq jazo chorasini qo‘llashi mumkin. Ushbu holatni, ma’muriy jarima jazosi misolida ko‘rish mumkin. Bunda fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori – eng kam ish haqining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa – eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
Huquqbuzar shaxs tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, shu ishni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organ, mansabdor shaxs huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Mazkur ma’muriy-huquqiy normalar o‘zida insonparvarlik prinsiðini to‘la ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 32-moddasida esa ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga quyidagilar kiritilgan:

  1. g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;

  2. ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikni ilgari sudlangan shaxs tomonidan sodir etilishi;

  3. voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish (jalb qilish);

  4. huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;

  5. huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir etilishi;

  6. huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)larga bulardan tashqari boshqa holatlarni ham javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat deb topish vakolati berilmagan. Ular, huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi holatini faqat uning xususiyatiga qarab aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
Ma’muriy qonunchilik hujjatlarida bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llash qoidalari ham belgilangan.
Bir shaxs ikki yoki undan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik xatti-harakat(harakatsizlik)larini sodir etgan bo‘lsa, ma’muriy jazo har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida qo‘llaniladi.
Basharti shaxs bir necha ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lib, shu haqdagi ishlar bir vaqtning o‘zida ayni bir organ (mansabdor shaxs) tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, bu shaxsga nisbatan uzil-kesil jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi. Bu holda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin.
Basharti shaxs MJTKning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma’muriy javobgarlik belgilangan va ular to‘g‘risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko‘ radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo‘lsa, unga nisbatan jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi. Bu holda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin_.
Agar shaxs Kodeksning Maxsus qismidagi tegishli modda bilan ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan harakat (harakatsizlik)ni voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga
jalb qilgan holda (1881-modda) sodir etgan bo‘lsa, ish materiallari ko‘rib chiqish uchun sudga topshiriladi. Bu holda ham, asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin.
Ma’muriy qamoq va maxsus huquqdan mahrum etish kabi ma’muriy jazo choralarini qo‘llash uchun muddatlarni hisoblash quyidagicha belgilangan. Ma’muriy qamoq muddati sutkalar bilan, eng ko‘pi 30 sutka, maxsus huquqdan mahrum etish muddati esa – kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi va ko‘pi bilan 3 yilgacha qo‘llaniladi.
Ma’muriy jazo – ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab ikki oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechik- tirmay qo‘llanilishi mumkin.
Mazkur muddatlar ashyolarni bojxonaga doir qonunchilik hujjatlari asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 37-moddasiga muvofiq, ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Mazkur bir yillik muddat o‘tgach ushbu shaxs tomonidan xuddi shunday ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda uning huquqbuzarlikni
takroran sodir etgan deb kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi shart.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy
zarar belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo‘llanishi paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya esa bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.
Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.
Ma’muriy jazoni qo‘llash - ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin