O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə75/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish — ma’muriy jazoning turi sifatida faqat ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyolar uchungina tatbiq etiladi. Mazkur jazo chorasi mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan ma’muriy jazo chorasi bo‘lib, faqat ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa sifatida foydalanilgan ashyolar egasiga nisbatangina qo‘llanilishi mumkin. Lekin, huquqbuzarga tegishli bo‘lmagan ashyolarni (masalan, g‘ayriqo- nuniy ov qilish, baliq tutish natijasida qo‘lga kiritilgan mahsulotlar: yovvoyi hayvonlar, baliqlar) haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish ma’muriy jazo chorasi hisoblanmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 26-moddasiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish — shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish chorasini qo‘llash tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari O‘zbekiston Respublikasi MJTK va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi1.
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish ma’muriy jazo chorasi mazmuniga ko‘ra ketma-ketlikda o‘zaro bog‘langan quyidagi uch harakatni amalga oshirishdan iborat:

  1. huquqbuzar shaxsdan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni majburiy tarzda olib qo‘yish;

  2. majburiy tarzda olib qo‘yilgan ashyoni sotish;

  3. ashyoni sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirish.

Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo chorasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. U asosiy jazo chorasi sifatida faqat MJTK 220-moddasining 1- qismida o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarni saqlash yoki tashish qoidalarini buzganlik uchun jarima bilan muqobil tarzda nazarda tutilgan. Qo‘shimcha jazo chorasi sifatida haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzganlik uchun (MJTK 142-m. 2-q.) va o‘qotar ov qurollari va o‘q-dorilarni sotishdan bo‘yin tovlaganlik uchun (222- m.) belgilangan. Shu bilan birga, basharti birinchi huquqbuzarlik uchun qonun chiqaruvchi ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yishni qo‘shimcha jazo chorasi sifatida nazarda tutsa, ikkinchi huquqbuzarlik uchun mazkur jazo chorasini albatta asosiy jazo chorasi bo‘lgan jarima bilan to‘ldiradi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 142, 222-moddalariga muvofiq bunday ashyolar portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va zaharlovchi moddalar hamda ashyolar, shuningdek, o‘qotar qurol va o‘q-dorilardir.
Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror asosida olib qo‘yilgan narsalar belgilangan tartibda shartnoma- vositachilik asosida yoxud auksion shaklidagi kim oshdi savdosida realizatsiya qilinadi.
O‘qotar qurollar va o‘q-dorilarning haqini to‘lab olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlari tomonidan ijro etiladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin