Muayyanshaxsniungaberilganmaxsushuquqdanmahrum qilish (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish — huquqbuzarning belgilangan fao- liyat bilan shug‘ullanishini, maxsus huquqlardan foydalanish huquqini vaqtinchalik cheklashdan iborat ma’muriy jazo turidir. Qonun chiqaruvchi bu jazo chorasini qo‘llashni faqat transport vositalarini boshqarish huquqidan va ov qilish huquqidan mahrum etish hollari bilangina cheklaydi.
Turli transport vositalarini boshqarish hamda ovchilik bilan shug‘ullanish — belgilangan yoshga to‘lgan shaxsda maxsushuquq (tegishli transport vositasini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi, taloni shuningdek ovchilik bileti)ning mavjud bo‘lishini talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKda maxsus huquqdan mahrum qilishning eng ko‘p va eng oz muddatlari hamda mazkur jazoni qo‘llovchi organ(mansabdor shaxs) belgilangan bo‘lib, maxsus huquqdan mahrum etishni tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi tomonidangina aybdor shaxs o‘ziga berilgan maxsus huquq (transport vositalarini boshqarish, ov qilish huquqi)dan foydalanish tartibini qo‘pol buzsa, yoki muntazam buzib kelsa, shu huquqdan o‘n besh kundan uch yilgacha muddatga mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanishi mumkin.
Mazkur jazo chorasini ayrim shaxslarga nisbatan qo‘llashda cheklovlar mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat:
nogironligi sababli ana shunday transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilmaydi;
ov qilish asosiy tirikchilik manbai bo‘lgan shaxslarga nisba- tan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qo‘llanilmaydi.
Biroq, MJTKning 28-moddasida belgilangan hollarda, ya’ni transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovandlik vositasi ta’siridan mast bo‘lgan holda yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda boshqarish hollari, mastlik darajasini belgilangan tartibda aniqlashdan bo‘yin tovlash, shuningdek o‘zlari ishtirokchi bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan joydan ketib qolish holat- larida nogironlarga ham mazkur jazo chorasi qo‘llaniladi.
Maxsus huquqdan mahrum etish ko‘pincha yo‘l harakati qoidalarini va transportdan foydalanish qoidalarini qo‘pol ravishda buzganliklari uchun transport vositalarining haydovchilariga nisbatan qo‘llaniladi. Harakat xavfsizligini ta’minlashning ta’sirchan vositasi bo‘lgan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish — mazkur huquqlarni ma’lum darajada cheklash bilan bog‘liq jazo chorasi hisoblanadi. Bunday ma’muriy jazo chorasini qo‘llash asosiy kasbi haydovchilik bo‘lgan shaxslar
uchun muayyan muddatga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash, havaskor haydovchilar, shaxsiy avto-mototransport sohiblari uchun – belgilangan muddat davomida o‘ziga tegishli transport vositasini boshqarishni taqiqlashga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga, mazkur jazo chorasining amal qilishi avtomobil, traktor va boshqa o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybuslar, mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalari, kichik hajmli kemalar haydovchilari sodir etgan qo‘pol huquqbuzarliklar uchun ham tatbiq etiladi.
Mazkur jazo chorasi asosan, quyidagi huquqbuzarliklar uchun qo‘llanilishi nazarda tutiladi: kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish (MJTK 119-m., 2-q); transport vositalari haydovchi- larining harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashganlik (129-m., 2-q.); transport vositalarini mast holda boshqarish (131-m., 1, 3-q.); kema haydovchilarining kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi (132-m.); transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabr- lanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi (133-m.); haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol- mulkning shikastlanishiga olib kelishi (134-m.); yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish (137-m.).
Ov qilish huquqidan mahrum etish asosan quyidagi huquq- buzarliklar uchun nazarda tutiladi: ov qilishga tegishli ruxsati bo‘lmagan holda yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish, shuningdek, ov qilish va baliq tutishning boshqa qoidalarini mun- tazam ravishda buzganlik uchun nazarda tutilgan.
Maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqariladi. Ushbu qarorni quyidagi organ (mansabdor shaxs)lar ijro etadi:
transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi;
kema haydovchilarini kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respub-
likasi kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi;
ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib boruvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi.
Transport vositalarini yoki kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror haydovchilik guvoh- nomasini, shuningdek uning talonini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi. Basharti haydovchi yoki kema haydovchisi transport vositala- rining yoki kichik hajmli kemalarning ayrim turlarini boshqarish huquqidangina mahrum etilgan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasiga va uning taloniga transport vositalarining yoki kichik hajmli kema- larning qaysi turlarini boshqarish huquqidan mahrum etilganligi
yozib qo‘yiladi.
Ov qilish huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi qaror ovchilik biletini olib qo‘yish yo‘li bilan ijro etiladi.
Ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs ovchilik biletini topshirishdan bo‘yin tovlagan taqdirda ov qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ovchilik biletini belgilangan tartibda olib qo‘yadilar.
Transport vositalarining haydovchilari va ov qilish qoidalarini buzgan shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.
Maxsus huquqdan mahrum qilish muddati o‘tgach, shuning- dek bu muddat o‘rnatilgan tartibda qisqartirilgan taqdirda, shunday ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsga undan olib qo‘yilgan hujjatlar belgilangan tartibda qaytarib beriladi.