O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə80/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Haqorat qilish (41-m.). Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish, eng kam ish haqining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haqorat qilish — fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qiluvchi ma’muriy huquqbuzarlik. Bunday tajovuz salbiy baho berishdan iborat bo‘lib, shaxsning ma’naviy nufuziga atrofda- gilar ko‘z o‘ngida putur yetkazadi, jabrlanuvchining o‘ziga bo‘lgan hurmatga zarar yetkazadi.
Bu huquqbuzarlik obyektiv tomonining xususiyati shundan iboratki, u og‘zaki, yozma (xat, rasm va shu kabilar) tarzda yoxud
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yerga uradigan harakat (tarsaki, tupurmoq, beadab imo-ishora singari)lar bilan sodir etilishi mumkin. Tuhmatdan farqli o‘laroq, haqorat qilishda jabrlanuvchining ma’naviy qiyofasini salbiy tasvirlovchi qandaydir faktlar ko‘rsatilmaydi, balki shaxsga baho beriladi, bu baho kishining xulq-atvoriga, qiyofasi kabilarga tegishli bo‘lishi mumkin. Bu salbiy baho haqiqatga to‘g‘ri kelish-kelmasligi mazkur tarkib uchun ahamiyatsizdir. Basharti, masalan, shaxs jabrlanuv- chini ahmoq deb atasa-yu, haqiqatan ham u ko‘pchilik boshqa shaxslarning fikricha aqlsiz bo‘lsa, u holda haqorat yanada yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Subyektiv tomondan mazkur huquqbuzarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri qasddan iborat qilib tavsiflanadi, ya’ni shaxs o‘zining xatti- harakatlari g‘ayrihuquqiy ekanligini anglab yetadi va ularni sodir qilishni istaydi. Bundan tashqari, huquqbuzarning aniq ifodalangan maqsadi shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini yerga urish.
Haqorat ko‘pchilik o‘rtasida — aybdorga ham, jabrlanuvchiga ham tanish yoki notanish kishilar ishtirokida, hatto jabrlanuvchi yo‘q bo‘lgan vaqtda ham qilinishi mumkin. Bu keyingi holatda aybdorning niyati haqoratning jabrlanuvchiga ma’lum bo‘lishidan iboratdir.
16 yoshga yetgan aqli raso shaxslar huquqbuzarlik subyektlari hisoblanadi.
Haqorat qilish xuddi shunday xatti-harakat uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llangandan keyin nomaqbul shaklda sodir etilgan taqdirda unga JK 140-moddasining 1-qismi bo‘yicha baho beriladi.
Bu huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin