1-§. Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun
ma’muriy javobgarlik
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra, har bir inson erkinlik huquqiga hamda o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishlardan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 40–51-moddalarida ham fuqarolarning ana shu erkinliklari va daxlsizliklarini himoya qiluvchi normalar mustahkamlangan. Ushbu normalarda huquqbuzarliklar- ning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.
Tuhmat (40-m.). Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish, eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tuhmat ma’muriy huquqbuzarlik bo‘lib, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilishdan iboratdir. Undan himoyalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida bayon etilgan.
Uydirmalar tarqatish deganda go‘yo ro‘y bergan ma’lumotlar, faktlarni hech bo‘lmaganda bitta shaxsga ma’lum qilish tushuniladi. Bunda ma’lum qilish og‘zaki, yozma yoki boshqa bir shaklda bayon etilganligining ahamiyati yo‘q.
Bila turib yolg‘on gapirish shundan iboratki, tegishli ma’lu- motlarni tarqatuvchi shaxs ularning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini biladi. Ma’lumotlarning yolg‘onligini anglab yetmaslik (masalan, ma’lumotlarning rasmiy shaxsdan olinishi, hujjatlar bilan tani- shish) javobgarlikni istisno qiladi. Haqiqatda sodir bo‘lmagan faktlarning ma’lum qilinishi, lekin ularning mazmuniga noto‘g‘ri
baho berilishi tuhmat hisoblanmaydi (masalan, agar texnik-slesar haqiqatan ham nohaq yig‘imlar bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, uning aholidan pora olishi haqidagi xabar).
Tegishli ma’lumotlarni tarqatuvchi shaxsning mazkur ma’lu- motlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilishi tuhmat uchun ma’muriy javobgarlikni istisno qilmaydi.
Boshqa shaxslarni sharmanda qilsa ham, lekin haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarni tarqatish tuhmat tarkibini hosil qilmaydi. Boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi ma’lumotlarni tarqatish uydirma hisoblanadimi, degan masala axloq va ma’naviylik normalari asosida hal etiladi. «Boshqa shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalar» jumlasiga qonun, axloq va ma’naviylik normalariga rioya qilish nuqtai nazaridan jamoatchilik yoki ayrim fuqarolar fikrida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yerga uruvchi uydirmalarni
ham kiritish mumkin.
Tuhmat to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arazli niyat bilan, odatda o‘ch olish, ko‘rolmaslik kabi bahonalar bilan sodir etiladigan huquq- buzarlikdir.
16 yoshga yetgan shaxslar huquqbuzarlik subyektlari hisob- lanadi.
Tuhmat qilinib, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin sodir etiladigan xuddi shunday xatti-harakatlar JK 139-modda- sining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
MJTKning 245-moddasiga muvofiq, aytib o‘tilgan huquq- buzarlik to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya tomo- nidan ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: |