O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə87/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Yer berish tartibini buzish (66-m.). Yer berishning tartibini buzish, xuddi shuningdek, fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda uy-joy qurish va turarjoy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik qilish, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yer berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18, 23, 24-25, 27, 53, 55-moddalarida, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘ri- sida»gi qonunning 10-11-moddalarida1, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘ri- sida»gi qonunning 8-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyuldagi 300-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchast- kalarini fuqarolarga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi»da belgilab berilgan. Yer berish tartibi yer uchastkalarini ajratib berish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonda bajariladigan harakatlarda namoyon bo‘lib, unga quyidagi masalalar kiradi: yer berish masalasi ushbu organning vakolatiga kirishi, yerni berish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari, yer uchastkalari ajratib berishga doir materiallar xususida tegishli davlat organlari bilan kelishish, yer uchastkasi chegaralarini joyida aniq belgilash, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, yer qaytarib olinadigan bo‘lsa, yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga yetkazilgan zararni to‘g‘ri aniqlash va hokazolar.
Fuqarolarga fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish va turarjoy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa
bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun yer berishga to‘sqinlik qilish deganda asossiz ravishda rad qilish yoxud fuqarolarning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun yer berish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqmaslik, shuningdek, yer uchastkalari berishning zarurligi (ehtiyojligi)ni aniqlash uchun bu ariza beruvchilarning uy-joy sharoitlarini noto‘g‘ri tekshirish yo‘li bilan fuqarolarga yer berishga to‘sqinlik qilish tushuniladi.
Mazkur hukuqbuzarlikning obyekti egalik qilish yoki foydala- nish uchun yer uchastkalari berishning (shu jumladan, ijaraga berishning) belgilangan tartibi hisoblanadi. Huquqbuzarlikning subyekti yer berish masalasi vakolatiga kiradigan davlat organining, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi korxonalarining mansabdor shaxslaridir.
Subyektiv tomondan mazkur huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi.
Obyektiv tomondan bu huquqbuzarlik harakat yoki harakat- sizlik bilan sodir etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) sudlari ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi (245-m.).

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin