O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə86/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

4-§. Tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar

uchun ma’muriy javobgarlik


Bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 65–96-moddalarida nazarda tutilgan. Ushbu huquqbuzarliklarning ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.


Yerlardai xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish (65-m.). Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek, tanazzulga yuz tutgan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqava suvlar bilan ifloslantirish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish birinchidan, ulardan oqilona foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanadi va yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ularni ijaraga oluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 39, 40, 48, 79-modda- larida nazarda tutilgan majburiyatlarning amalga oshirilmasligida namoyon bo‘ladi1. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yerlarni ijaraga oluvchilarning yerlardan oqilona foydalanish sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat: yer uchastkasidan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish; tuproq unumdorligini oshirish; ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilish texnologiyasini tatbiq etish, o‘z xo‘jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik; yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish (dehqonchilikning eng samarali tizimlarini, o‘tloqlarni suv bilan ta’minlash va pichan o‘rimini yaxshilash, yerlar sho‘rlanishining oldini olish, sug‘oril- adigan yerlarning botqoqlashuvi va ifloslanishi, tuproq tarkibining shamol, suv eroziyasi natijasida buzilishining oldini olish, qishloq xo‘jalik ekinlari ekiladigan yerlarni butalar va mayda o‘rmonlar, begona o‘tlar va hokazolar bosib ketishidan himoya qilish).
Ikkinchidan, yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yerlardan foydalanmaslikda yoki maqsadsiz foydalanishda, ya’ni yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni beruvchi hujjatlarda, shu jumladan, yerga doimiy egalik qilish yoki doimiy foydalanish Davlat aktida, shuningdek, ijara shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga muvofiq foydalanmaslikda ifodalanishi mumkin.
Yerlarni foydalanishdan chiqarishga, ularning hosildorligi pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlar deganda, mineral o‘g‘itlarni noto‘g‘ri ishlatish yoki yerlarni belgilangan normalarni buzgan holda sug‘orishni tushunish kerak. Xo‘jalik faoliyati tufayli buzilgan qishloq xo‘jalik yerlari konservatsiyalanishi, ya’ni muayyan vaqt foydalanilmasligi va ularda tuproqni tiklash yuzasidan agromeliorat- siya ishlari o‘tkazilishi lozim.
Mazkur huquqbuzarlik obyekti egalik qilish uchun, foydala- nishga, shu jumladan, ijaraga berilgan yer uchastkalari hisoblanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik subyektlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari, shuningdek, yerga egalik qilayotgan, undan foydalanayotgan va yer uchastkalarini ijaraga olgan fuqarolar hisoblanadi. Masalan, fermer xo‘jaliklarining boshliqlari MJTK 15-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq
mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Subyektiv tomondan mazkur huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Obyektiv tomondan huquqbuzarlik harakat yoki harakatsizlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik tuproqning sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keladigan, undan maqsadli foydalanishni yo‘qqa chiqaradigan harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin. Yerlarning ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi MJTKning 91-moddasida obyekt bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklardan farq qiladi, ya’ni mazkur huquqbuzarlikda obyekt yer hisoblanadi. Tuproqning ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi «Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi qonunning 22, 42, 45-moddalari va Yer kodeksining 79, 90-moddalari bilan taqiqlanadi.
Mazkur huquqbuzarliklarning subyektlari mansabdor shaxs- lar va fuqarolardir.
Yerlardan foydalanish shartlarining buzilishi og‘ir oqibatlarga olib kelsa, bu jinoyat deb topiladi va JKning 197-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tabiatni muhofaza qilish organlari (MJTK 261- m.) va ma’muriy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi ( MJTK 246-m.).

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin