O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish (56-m.)



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə84/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish (56-m.). Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, oz miqdorda g‘ayri- qonuniy tarzda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish,

  • giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni musodara qilib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.

Mazkur xatti-harakatning obyektiv tomoni turli harakatlarni

  • giyohvandlik vositalarini va shu kabilarni tayyorlash, olish, sakdash, tashish, jo‘natishni yuzaga keltiradi. O‘zbekiston Respub- likasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursor- larning muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasining «Giyoh- vanddik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi qonunida belgilangan. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

  1. giyohvandlik (narkotik) vositalari — giyohvandlik vositalari ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparatlar va o‘simliklar;

  2. psixotrop moddalar — psixotrop moddalar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar;

d) prekursorlar — prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan va O‘zbe- kiston Respublikasida nazoratga olinadigan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tayyorlash uchun foydalaniladigan mod-
dalar. Giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni oz yoki ko‘p miqdorga kiritish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tergov va sud organlari vakolatiga kiradi, ular bunda O‘zbekiston Respub- likasining Giyohvandlik vositalarini nazorat qilish davlat komissiya- sining 1995-yil 1-apreldagi tavsiyalariga va giyohvandlik vositalari- ning ro‘yxatiga amal qilishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, giyohvandlik vositalarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz oz miqdorda tayyorlash, saqlash, tashish yoki jo‘natish ma’muriy huquqbuzarlik bo‘lib, buning uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 56-moddasida nazarda tu- tilgan.
Mazkur xatti-harakat subyekti 16 yoshga to‘lgan shaxsdir.
Subyektiv tomondan qaraganda mazkur xatti-harakat faqat qasddan sodir etilishi mumkin. Aybdor o‘zining g‘ayrihuquqiy harakatlar sodir etayotganini anglab yetadi, ularning zararli oqibatlariga oldindan ko‘zi yetadi yoki bunga bila turib yo‘l qo‘yadi. Mazkur harakatlarni sotish maqsadida sodir etish JKning
273-moddasining, 1-qismi bo‘yicha baholanadi.
MJTKning 56-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquq- buzarlik to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyasi va ushbu kodeksning 246-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan hollarda ma’muriy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin