O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish (101-m.)



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə92/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish (101-m.). Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzish, elektr, issiqlik energiyasi yoxud gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish yoki elektr, issiqlik energiyasi, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish – fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Elektr, issiqlik energiyasi yoki gazda foydalanish qoidalari huquqbuzarlikning obyekti hisoblanadi.
Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari hamda Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-sonli qarori bilan tasdiqlangan1.
Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarda elektr va issiqlik energiyasi hamda gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish taqiqlanadi. O‘zboshim- chalik bilan foydalanish deganda energiya va gazdan tegishli ravishda energiya, issiqlik yoki gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlarning ruxsatisiz foydalanish tushuniladi. Turar joylarda yoki ayrim fuqarolarga shaxsiy mulk huquqi asosida qarashli bo‘lgan uylarda, bog‘ uchastkalarida, shaxsiy mashinalar uchun qurilgan garajlar va hokazolarda iste’molchi yangi elektr simini ulash uchun elektr bilan ta’minlovchi tashkilotga ariza-majburiyat berishi va ruxsat olishi shart.
Issiqlik energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarida fuqarolarga ular (xonadonlariga) o‘zboshimchalik bilan issiqlik energiyasi o‘rnatish va gazlashtirish taqiqlangan.
Energiya va gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish fakti aniqlangan taqdirda insonni huquqbuzarlik sodir etishga majbur etgan sababni hisobga olish zarur. G‘arazli maqsad shaxsning boyishga intilishini, ya’ni huquqbuzarlik sodir etish yo‘li bilan mehnatsiz daromad olishga intilishini bildiradi.
Markaziy boshqaruv organlari tomonidan energiyaning har xil turlaridan va gazdan foydalanish bo‘yicha belgilab berilgan qoidalar o‘zboshimchalik bilan foydalanishdan tashqari, elektr va gaz uskunalarining o‘zini ishlatish talablarini, energiya va gazni hisobga olish asboblarini o‘rnatish, shuningdek, energiya va gaz uchun hisob-kitob qilish talablarini buzishni ham o‘z ichiga oladi. G‘arazli maqsadlarda energiyadan, issiqlik, elektr, gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish faqat qasddan qilingan harakat
bo‘lishi mumkin.
Faqat fuqarolar javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar bu xildagi huquqbuzarliklarni mansabdor shaxslar o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarish jarayonida sodir etgan bo‘lsalar, bunday
shaxslar tegishli ravishda Kodeksning 97, 100, 102, 103- moddalari bo‘yicha javobgar bo‘ladilar.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) sudlarining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin (245-m.).



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin