O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə91/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

5-§. Sanoatdagi, qurilishdagi va issiqlik hamda elektr energiyasidan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik


Ushbu turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 97–103-moddalarida nazarda tutilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda ishlarni bexatar olib borishga oid qoidalar, normalar va yo‘riqnomalarni buzish (97-m.). O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nazorati ostidagi boshqa obyektlarda ishlarni bexatar olib borishga oid qoidalar, normalar va yo‘riqnomalarni buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlar-
ing bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari nazorati ostidagi sanoat tarmoqlarida va obyektlarda har xil ish turlarini bajarishda odamlarning xavfsizligi huquqbuzarlik obyekti hisoblanadi.
Bu xatti-harakatning obyektiv tomoni ishlarni bexatar olib borish sohasidagi chora-tadbirlarni tartibga solishga qaratilgan zarur qoidalar, normalar va yo‘riqnomalarning buzilishidan iborat.
Mazkur moddaning 1-qismi O‘zbekiston Respublikasi Sa- noatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kasaba uyushma- larining markaziy qo‘mitalari bilan kelishgan holda tasdiqlaydigan
qoidalar, normalar va yo‘riqnomalarni buzganlik uchun javobgar- likni belgilaydi. Xuddi shunday tartibda ishlarni bexatar olib borish va jihozlarni o‘rnatishga doir tarmoq qoidalari va normalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi tomonidan, tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda esa tarmoqlararo qoidalar va normalar tasdiqlanadi.
Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlar- ning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari ko‘mir, kon — ruda, kon — kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib chiqaruvchi sanoat, mineral o‘g‘itlar sanoatida ishlarning bexatar olib borilishi ahvolini, geologik-qidiruv va ushbu organ nazorati ostidagi boshqa kon ishlarini olib borishdagi, shaharlar, shahar tiðidagi posyolkalar va qishloq joylarida gaz bilan ta’minlash tizimlari qurilishi va ulardan foydalanishdagi, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va foyda- lanish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarda (qaysi idoraga bo‘ysunishidan qat’i nazar) va barcha portlash va yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan kimyoviy va neft – kimyoviy ishlab chiqarishlarda ishlarni olib borish, sanoatdagi portlovchi materiallarni sakdash, ulardan foydalanish va hisobga olish, foydali qazilma konlarini topishda yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishni va saqlashni ta’minlash ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi va hokazo.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi (260-m.).

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin