O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


-§. Fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə99/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

8-§. Fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik


Fuqarolarning turarjoy huquqlariga taalluqli kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 157–163- moddalarida nazarda tutilgan.
Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turarjoy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish (157-m.). Turarjoy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turarjoy berish tartibini buzish, uylarga va turarjoylarga ko‘chib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarning tajovuz obyekti uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, uylar va turarjoy binolariga ko‘chib kirish muddatlari tartibini tashkil etadi. Bu huquqbuzarliklar fuqarolarning Konsti- tutsiyada belgilangan uy-joyga ega bo‘lish huquqini poymol qiladi, shuning uchun ham mazkur huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Uy-joy kodeksida turarjoy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olishning, davlat va jamoat turarjoy fondlaridan uy-joy berishning xalq deputatlari mahalliy kengash- lari, hokimiyatlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun yagona tartibi belgilangan1. Turarjoy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish va uy-joy berish qoidalari asosida turarjoy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hamda navbatdan tashqari va birinchi navbatda turarjoy olish huquqidan foydalanuvchilarni uy-joy bilan ta’minlash uchun turarjoy ajratish tartibi belgilangan. Bu qoidalar quyidagilarni belgilab beradi: fuqarolarning turarjoy sharoitini yaxshilashga muhtoj deb e’tirof qilish asoslari; ularni hisobga olish tartibi; fuqarolarga turarjoy berishning navbat tartibi; orderlar berish, rasmiylashtirish va topshirish tartibi; yotoqxonalardan yordamchi uy-joy maydoni berish tartibi.
Qoidalarda belgilanishicha, xalq deputatlari mahalliy kengash- lari, hokimiyatlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning turarjoylarga ko‘chib kirish muddati turarjoy binolari davlat komis- siyalari tomonidan foydalanish uchun qabul qilib olingandan keyin 30 kundan ortiq bo‘lmasligi lozim. MJTKning mazkur moddasida sanab o‘tilgan ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi turarjoy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish
va turarjoy berish qoidalarini buzishdan, shuningdek, turarjoylarga ko‘chib kirish muddatlariga rioya qilmaslikdan iboratdir. Huquqbuzarlik subyektlari turarjoy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turarjoy berishni amalga oshiradigan mansabdor shaxslar, shuningdek, foydalanish uchun qabul qilib olingan uylarga belgilangan tartibda o‘z vaqtida ko‘chib kirish uchun javobgar bo‘lgan kishilardir.
Subyektiv tomondan ko‘rsatib o‘tilgan harakatlar yoki hara- katsizliklar qasddan yoxud ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbu- zarliklar to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi (245-m.).

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin