Faoliyatbilanlitsenziyasizshug‘ullanish(165-m.). Litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullanish — fuqarolarga eng kam ish haqining besh barava- ridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n bara- varidan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi1.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi 2001-yil 12-may qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida 73 ta faoliyat uchun litsenziya talab qilinadi2. Ushbu faoliyatning uch turi bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik mavjud edi, qolgan 70 ta faoliyat turi bilan litsenziyasiz shug‘ul- langanlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmagan edi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 18-sentabr qonuni bilan javobgarlik belgilandi.
Valuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish (170-m.).Valuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish, — valuta boyliklarini musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur huquqbuzarlik obyekti O‘zbekiston Respublika- sining valuta monopoliyasiga tajovuz qilishdan iborat bo‘lib, davlatning moliyaviy manfaatlariga zarar yetkazadi. Huquqbuzarlik predmeti valuta boyliklaridir. O‘zbekiston Respublikasining 2003- yil 11-dekabrdagi «Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuni 3-moddasiga asosan, chet el valutasi, Chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet el valutasidagi to‘lov hujjatlari va sof quyma oltin valuta boyliklari hisoblanadi. chet el valutasi muomalada bo‘lgan hamda xorijiy davlatda qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar ko‘rinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet el pul belgilari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lardir. Chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valutasida ifodalangan pul hujjatlaridir1.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni valuta boyliklarini g‘ayriqonuniy ravishda sotib olish yoki sotishdan iborat. O‘zbe- kiston Respublikasi hududida valuta boyliklarini xarid qilish, sotish yoki ular bilan boshqacha muomala qilishning belgilangan qoidalarini buzgan holda valuta boyliklarini sotib olish yoki sotish, bu harakatni amalga oshirish paytida g‘ayriqonuniy deb e’tirof qilinadi.
Valuta boyliklarini g‘ayriqonuniy ravishda sotib olish (qo‘lga kiritish) turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Ko‘pincha u oldi-sotdi shaklida amalga oshiriladi. Valuta boyliklarini sotib olish boshqa shakllarda ham uchraydi (ayirboshlash, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun yoki qarzni uzish hisobiga olish va hokazo).
Sotish valuta boyliklari bilan g‘ayriqonuniy ravishda muomala qilishning mustaqil shakli bo‘lib, valuta boyliklarining haqini to‘lab realizatsiya qilishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Aybdor shaxs valuta boyliklarining egasi bo‘lib olib yoxud boshqa shaxsning topshirig‘i bilan shunday harakatlarni sodir etib, muayyan maq- sadga — valuta boyliklarini sotishga erishishga intiladi.
Valuta boyliklarini o‘tkazish, sotish, ayirboshlash, ularni qarz hisobiga berish va hokazolar shaklida ifodalanadi. Valuta boyliklari bilan bog‘liq boshqa barcha bitishuvlar (meros qilib qoldirish, hadya etish, saqlash) ushbu Kodeksning 170-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibini hosil qilmaydi.
Subyekt — huquqqa zid harakatlar sodir etish paytiga kelib 16 yoshga to‘lgan shaxsdir (O‘zbekiston Respublikasining fuqa- rolari, shuningdek, uning hududida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardir).
Subyektivtomondan:ushbu moddada nazarda tutilgan huquq- buzarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arazli niyatni nazarda tutadi, shaxs o‘z harakatining huquqqa xilof ekanligini biladi, lekin shunga qaramay, uni sodir etadi.
Valuta boyliklarini g‘ayriqonuniy ravishda sotib olish yoki sotish bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, JKning 177-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ko‘rib chiqadi (245-m.).