O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə105/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Mayda bezorilik (183-m.). Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishta- ligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Mayda bezorilik jamoat tartibiga qasd qilish obyekti hisoblanadi. Jamoat tartibi jamoat joylarida huquq normalarini saqlashga asos- langan munosabatlardir. Jamoat tartibi faqat huquqiy me’yorlargina
emas, balki boshqa ijtimoiy me’yorlar: axloq, urf-odat, jamoat tashkilotlarining me’yorlari bilan ham mustahkamlanadi.
Huquqiy normalar asosiy rol o‘ynaydi, chunki tartibni buzganlik uchun yuridik javobgarlik, jazoning turi va me’yorini shular belgilaydi. Aybdorning xatti-harakati jamiyatning, tevarak- atrofdagi fuqarolarning manfaatlarini oshkora mensimaslikdan, madaniy saviyaning pastligidan, axloq va odobning mavjud qoidalarini nazar-pisand qilmaslikdan dalolat beradi.
Fuqarolar osoyishtaligi va jamoat tartibini buzuvchi xatti- harakat huquqbuzarlikning obyektiv tomonini tavsiflaydi. Bular: jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish; fuqarolarga haqorato- muz tegajaklik qilish, ya’ni boshqa shaxsning obro‘-e’tibori, izzat- nafsi sha’nini haqoratlovchi hamda ularning oromini buzuvchi shilqimlik xatti-harakati bo‘lishi mumkin. Bunga, shuningdek, fuqaroni inson qadr-qimmatini yerga uruvchi suhbatga zo‘rlab tortish, shilqimlik bilan uning qo‘lini siltash yoki kuch bilan qo‘lidan ushlash, bosh kiyimini yulqib olish; sigaret tutunini uning yuziga puflash va hokazolarni kiritish mumkin.
Mayda bezorilik obyektiv tomonining muhim belgisi vaziyat, makon, vaqt hisoblanadi. Turli sharoitda bir xil xatti-harakat turlicha ahamiyat kasb etadi (masalan, jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish mayda bezorilikka xos voqea, xuddi shunday xatti-harakat tantanali majlis, bayram va boshqa ommaviy tadbirlarda jinoyat tarzida jazolanuvchi bezorilik sifatida tavsiflanishi mumkin JK 277- moddasi 3-qismining 6-bandi). Mayda bezorilik ko‘pincha jamoat joylarida amalga oshiriladi, ya’ni ommaning qabul qilish idrokiga tayaniladi. Biroq jamoatga yoki inson sha’niga nisbatan mensimaslik munosabati (uyatli so‘zlar yozish, maysazor, gulpushta, gulzorlarni buzish va hokazolar) ma’lum bo‘lib qolishini e’tiborga olib, huquqbuzarlik yashirincha bajarilgan bo‘lishi mumkin.
Mayda bezorilik subyektiv tomondan qasddan va ko‘pincha oshkora amalga oshirilishi bilan tavsiflanadi. Aybdor qonunga xilof xatti-harakat qilayotganini tushunadi va shuning natijasi yomon oqibatga olib kelishini biladi, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligi buzilishiga yo‘l qo‘yadi. Mayda bezorilik ayrim hollarda egri niyat bilan amalga oshiriladi.
16 yoshga to‘lgan shaxs mayda bezorilik subyekti bo‘lishi mumkin. Mayda bezorilik JK 277-moddasida nazarda tutilgan bezorilik xatti- harakatidan farq qiladi.
Mayda bezorilik haqidagi ish ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya tomonidan (245-m.), agar 247-moddada nazarda tutilgan xatti- harakat bo‘lsa, voyaga yetmaganlar ishi bo‘yicha komissiya yoki ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin