9-§. Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164–179-moddalarida nazarda tutilgan.
Savdo yoki xizmatko‘rsatish qoidalarini buzish (164-m.). Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, man- sabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravariga- cha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Yonilg‘i-moylash materiallari bilan, dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar bilan qo‘lda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda
qo‘lda savdo qilish — sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Dori-darmon vositalari yoki tibbiy buyumlar yoxud yonilg‘i-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish — fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
164-modda bo‘yicha huquqbuzarliklar obyekti savdo korxona- larining normal faoliyatini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosa- batlar hisoblanadi. Huquqbuzarliklar predmeti keyin sotish maq- sadi bilan omborlar, bazalar, savdo korxonalariga keltirilgan har qanday tovarlar bo‘lishi mumkin. Savdoning asosiy qoidalarida nazarda tutilishicha, tovarlar aholiga faqat do‘konning savdo zalida va belgilangan vaqtda, ya’ni xaridorlarning savdo korxonasiga kelish imkoni bo‘lgan vaqtda sotilishi lozim. Savdo qilish qoidalari ko‘p va xilma-xil bo‘lib, quyidagilarga taalluqli: savdo zali (xizmat ko‘rsatish zali)ning va yordamchi binolarning tuzilishi, vitrinalar- ning bezatilishi; tovarlarni sakdash; tovarlarni xaridorlarga olib berish; ular bilan pul hisob-kitobini qilish; tosh-tarozilarni saqlash va ulardan foydalanish; savdo korxonalarining ishlash vaqti va hokazolar.
Savdo qoidalari (masalan, savdo korxonasining ishlaydigan kunlari, soatlari) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy hokimiyat organlarining, hokimiyatlarning qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Savdo qoidalariga savdo korxonalariga tatbiq etiladigan mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, yong‘inga qarshi va sanitariya qoidalari tatbiq etilmaydi. Obyektiv tomondan huquqbuzarliklarning bunday turi tovarni qonunga xilof ravishda sotish yoki uni xaridorlardan yashirishdan iboratdir. Tovarlarni yashirish (sir saqlash) tovarlar magazinlarga, do‘konlarga va shu kabilarga sotish uchun berilgandan keyingina e’tirof qilinishi mumkin. Sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar butun ish kuni mobaynida to‘la hajmda turlari bilan berilishi lozim. Masalan, tovarga «sotilgan» degan lavhaning osib qo‘yilishi, saqlash kvitansiyalarini tuzish, tovarni peshtaxta ostida saqlash
ham uni yashirish hisoblanadi.
Tovarlarni ombordan (bazadan) savdo korxonasiga yetkazib berish vaqti ham 164-moddaning amal qilishiga sabab bo‘ladi. Masalan: avtomashinalardan turib sotish va hokazo. Tovarlarni yashirish joyi ombor binolari, savdo qilish zalidagi turli quril- malar, ishlab chiqarish va yordamchi binolar (xonalar), xizmat kabinetlari, yo‘laklar va hokazolardir.
Huquqbuzarlikning mazkur turi bo‘yicha subyektlar faqat savdo xodimlari, ya’ni mansabdor shaxslar va o‘zga shaxslar (direktor, seksiya, bo‘lim, ishlab chiqarish, ombor mudiri, sotuv- chi, yordamchi ishchi va shu kabilar), aqli raso va 16 yoshga yetgan shaxslar bo‘lishi mumkin.
Savdo qoidalarining buzilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qasddan sodir etiladi. Tovarlarni savdo qoidasini buzgan holda sotuvchi yoki uni yashiruvchi shaxs bunday harakatlarning ijtimoiy xavfli ekanligini biladi hamda tovarni sotishni yoki uni xaridorlardan yashirishni istaydi. Bundan tashqari, bu yerda xaridorlardan qonunga xilof ravishda haq olish tarzidagi moddiy nafga ega bo‘lishdan iborat g‘arazli manfaatdorlik nazarda tutiladi. G‘ayriqonuniy yo‘l bilan qarindoshlar yoki tanishlarni tovarlar bilan ta’minlashga (yoxud o‘zaro xizmatlarga ega bo‘lish maqsadi bilan) intilishdan iborat shaxsiy manfaatdorlik ham bo‘lishi mumkin. Kodeks 164-modda- sining 1-qismi bo‘yicha ishlar davlat soliq organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi (264-m.).
Bunday huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar militsiya xodimlari tomonidan tuziladi. Ishlarni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar ko‘rib chiqadi (245-m.).
Moddaning 2-qismidagi ancha miqdordagi qiymatdeganda eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi qiymat tushuniladi. Huquqbuzarliklar yonilg‘i resursla- ridan oqilona foydalanish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi va birmuncha moddiy talafotlarga olib kelishi, aniq maqsad uchun yonilg‘ining yetishmasligiga, shuningdek, yonilg‘i-moylash materiallarini g‘ayriqonuniy ravishda sotuvchi shaxslarning meh- natsiz boyishiga sabab bo‘lishi mumkin. Dori-darmon vositalari yoki tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyolarni sotish qoidalarini buzish sun’iy tanqislik yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Yonilg‘i-moylash materiallarini sotish uchun mas’ul bo‘lgan
16 yoshga yetgan shaxslar javobgarlikka tortiladi. Ular ham mansabdor shaxslar, ham avtomobil yonilg‘i qo‘yish stansiyasi va avtomobil yonilg‘isini quyish punktining moddiy javobgar xodimlari bo‘lishi mumkin. Dori-darmon vositalari yoki tibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan ashyolarni sotish vaqtida — dorixona mudirlari va boshqalar javobgarlikka tortiladi.
G‘ayriqonuniy sotish to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arazli niyat bilan sodir etiladi. Shaxs benzin, dori-darmon vositalarini g‘ayriqonuniy ravishda (retseptsiz) sotayotganini biladi va buni amalga oshirishni istaydi. Huquqbuzarlikning mazkur turiga baho berishda o‘g‘rilik qilish maqsadining yo‘qligini aniqlash zarur.
MJTK 164-moddasining 1 va 3-qismlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar davlat soliq organlari, O‘zbe- kiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi (264-m,).
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidasini buzish harakatini sodir etish JKning 189-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.