Havo kemasida yurish-turish qoidalarini buzish1 (117-m.). Havo kemasida bo‘lgan shaxslarning kema komandiri farmoyish- larini bajarmasligi — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish, shuningdek radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish — foto-kinoplyonka yoki videokassetalar musodara qilinib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemasida belgilangan tartibni va uchish xavfsizligini ta’minlash maqsadida havo kemasida bo‘ladigan barcha shaxslar uchun majburiy maxsus yurish-turish qoidalari belgilangan. Ushbu moddaning 1-qismida nazarda tutilgan xatti-harakatning obyekti havo kemasidagi tartib va parvozlar xavfsizligidir. Obyektiv tomondan mazkur xatti-harakat kema komandirining farmoyish- larini bajarmaslik bilan bog‘liqdir. Bu farmoyishni bajarmaslik odatdagi harakatsizlik (komandirning farmoyishiga e’tiborsizlik bilan qarash)dan, shuningdek, komandirning kemada biron-bir harakatni (balandlikka ko‘tarilish va pasayish vaqtida kema bo‘ylab yurish, kema salonida va boshqa joylarda chekish) to‘xtatish to‘g‘risidagi farmoyishiga qaramay, ularni davom ettirishdan iborat bo‘lishi mumkin. Bunday xatti-harakat yerda ham, shuningdek, uchish vaqtida ham sodir etilishi mumkin.
16 yoshga yetgan shaxslar bu xatti-harakatning subyekti bo‘lishi mumkin. Subyektiv tomondan xatti-harakat to‘g‘ridan- to‘g‘ri g‘arazli niyat bilan bog‘liqdir. Mazkur moddaning 2-qismi havo kemasi bortida turib fotosuratga, kinoga, videoga olish va radioaloqa vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Zero bunday xatti-harakatlar havo transportidagi xavfsizlikni ta’minlash doirasidan chetga chiqadi, chunki kino va videosyomkalar, belgilangan tartibni buzgan holda
fotosuratga olish kabi harakatlar transportdan foydalanish qoidalarini buzish obyekti hisoblanadi.
Xatti-harakatlar obyektiv tomoni qoidalarni buzish faktining o‘zidir. 16 yoshga yetgan har qanday shaxs 2-qismdagi xatti- harakatning subyekti bo‘lishi mumkin. Subyektiv tomon bevosita yoki bilvosita g‘arazli niyat bilan ajralib turadi. Mazkur huquqbuzarlik uchun sanksiya jarimadir. Ushbu moddaning 2- qismida nazarda tutilgan xatti-harakatni sodir etish jarima bilan bir qatorda, majburiy tartibda fotoplyonka va videokassetalarni musodara qilishga sabab bo‘ladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani havo kemasining mansabdor shaxslari tuzadilar. Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar havo transporti organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi (251-m.).