O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə95/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik (105-m.). Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan nasha va moyli ko‘knor ekinlarini, mazkur ekinlar hosilini saqlash va qayta ishlash joylarini qo‘riqlash yuzasidan belgilangan tartibni ta’minlash choralarini ko‘rmagan- lik, shuningdek, tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan shunday ekinlarning ang‘izlari va ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilib tashlash choralarini ko‘rmaganlik, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur norma tarkibida giyohvand (narkotik) moddalar bo‘l- gan ekinlarni, shuningdek, narkotik moddalar olish manbalaridan biri bo‘lgan qoldiqlar va chiqindilarni qo‘riqlashga qaratilgan.
Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan ekinlarga nasha va moyli ko‘knor kiradi. Yovvoyi tarzda o‘sadigan o‘simliklar huquqbuzarlik ashyosi hisoblanmaydi.
Mazkur modda bo‘yicha javobgarlik tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan ekinlarni qo‘riqlashning belgilangan tartibini ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik faktining o‘zi uchun boshlanadi.
Ushbu modda bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik ham qasddan, ham ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin.
Zimmasiga shunday ekinlarni qo‘riklash, narkotik modda qoldikdari va chiqindilarini yo‘q qilish vazifasi yuklangan xo‘jaliklar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari bunday choralarni ko‘rmaganliklari uchun javobgarlikka tortiladilar.
Mazkur moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar (245- modda) tomonidan, 246-moddada ko‘rsatib o‘tilgan hollarda esa ma’muriy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
It va mushuk boqish qoidalarini buzish (110-m.). Shaharlar va boshqa aholi punktlarida it va mushuk boqishning qoidalarini buzish, xuddi shuningdek, mansabdor shaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmaganlik, — fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha mikdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik
fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol- mulkiga zarar yetishiga olib kelsa,

  • fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Huquqbuzarlik obyekti jamoat tartibi, shuningdek, turar joy fondining sanitariya-gigiyena holatidir. It va mushuk boqish qoidalarining buzilishi uylarda, xiyobonlarda, ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida g‘ayrisanitariya vaziyatini yaratishga olib keladi, shuningdek, bir qator hollarda fuqarolarning sog‘lig‘i va mol- mulkiga zarar yetkazishga sabab bo‘ladi. Daydi itlar va mushuklar quturish kasalligini tarqatish manbai hisoblanadi. It va mushuklarni normal tarzda boqmaslik sanitariya va veterinariya qoidalarining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish uchun bu hayvon- larni boqishning qanday muayyan qoidasi buzilganligini aniqlab olish lozim. It, mushuk va boshqa hayvonlarni boqish qoidasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18- yanvardagi 32-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga ham, shuningdek, it va mushuk egalari bo‘lgan fuqarolarga ham taalluqlidir.
It va mushukni ayrim xonadonda boqishga sanitariya-gigiyena va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan, bir necha oila yashaydigan xonadonlarda esa, istiqomat qiluvchi barcha fuqarolar roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Ko‘pchilik foydalanadigan joylarda: turar-joylarda (podyezdlar (zina xonalar), chordoqlar, yerto‘la (podval), yo‘laklar va hokazolarda), kommunal xonadon- larda, shuningdek, balkon va peshayvonlarda, qabristonlarda, diqqatga sazovor joylarda it va mushuk boqish hamda ularni sayr qildirishga ruxsat etilmaydi.
Qoidalarda yangi olingan itlarni zoti va jinsidan qat’i nazar, uch oylik vaqtidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazish nazarda tutilgan. Ro‘yxatdan o‘tkazish bir hafta ichida amalga oshirilishi lozim. Har yili fuqarolarning yashash joylaridagi veterinariya muassasalarida hayvonlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan. Veterinariya muassasalari ro‘yxatdan o‘tilgani haqida guvohnoma va ro‘yxat
belgisi beradi, shuningdek, itning egasini uni boqish qoidalari bilan tanishtiradi, bu ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasida qayd etiladi. Ro‘yxat belgisi it bo‘yinbog‘iga taqib qo‘yiladi.
It va mushuk egalari atrofdagilarning xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rishi, it va mushuklarning xonadonlar, podyezdlar, liftlar, yerto‘la(podval)lar va ko‘p qavatli uylardagi umumfoydala- nadigan joylarni, hovlilar, yo‘laklarni iflos qilishiga yo‘l qo‘ymas- ligi, xonalarda osoyishtalik bo‘lishini ta’minlashi, it va mushuklar- ning bolalar maydonchalari, do‘konlar, oshxonalar, jamoat transporti va boshqa umum foydalanadigan joylarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi shart.
It va mushuklarni mahalliy hokimiyatlar belgilaganidan ortiq miqdorda boqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sayrga chiqqanda it egalari uylardan ularni qisqa tasmada va tumshuqbog‘da, bo‘ynida raqam belgisi bilan (uch oylikkacha bo‘lgan kuchuklardan tashqari) ko‘chaga olib chiqishi lozim. Itlarni sayr qildirishga faqat shu maqsad uchun ajratilgan maydonchada ruxsat etiladi. Agar maydoncha atrofi o‘rab olingan bo‘lsa, u holda itlarni tasmasiz va tumshuqbog‘siz sayr qildirishga ruxsat etiladi. Maydonchalar bo‘lmagan taqdirda hokimiyat belgilagan obod qilinmagan va boshqa joylarda sayr qildirishga ruxsat etilgan. Itlarni ertalab soat 7.00 dan kech soat 23.00 ga qadar sayr qildirishga ruxsat etiladi.
Mazkur huquqbuzarlik faqat qasddan sodir etilishi mumkin, chunki it egalari ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida itlarni boqish qoidalari bilan tanishtirilgan bo‘ladi.
Mazkur moddaning 2-qismi takroriylik holatida va basharti qoidani buzish fuqarolarning sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelgan taqdirda qo‘llaniladi. Bunday zarar Kodeksning 38-moddasi tartibida faqat hayvon egalaridan undirib olinadi.
Huquqbuzarlik subyektlari it va mushuk egalari bo‘lgan fuqarolar hamda tasarrufida hayvonlar bo‘lgan korxonalar, muas- sasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar (245-m.), 246- moddada ko‘rsatib o‘tilgan holda esa — ma’muriy komissiyalar ham ko‘rib chiqadilar.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin