6-§. Qishloq xo‘jaligidagi huquqbuzarlik, veterinariya-sanitariya qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik
Bunday xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik Ma’mu- riy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104–112-moddalarida nazarda tutilgan.
Ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish (104-m.). Chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi, — fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ekinzorlarni yoki ko‘chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib o‘tish, — eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha mikdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonu- nining amal qilishini hisobga olib, mazkur modda faqat to‘plab qo‘yilgan qishloq xo‘jalik ekinlari hosilinigina emas, shu bilan birga, butalarning ko‘chatlarini ham himoya qilishga mo‘ljallangan. Huquqbuzarliklarga baho berganda ko‘chatlarning barcha turlari,
qishloq xo‘jaligidagi ham texnika ekinlari, ham oziq-ovqat va ozuqa ekinlarining to‘planadigan va to‘plangan hosili shikastlanganligini hisobga olish kerak bo‘ladi.
Moddada nazarda tutilgan tajovuzkorlikning obyekti Mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan barcha turdagi mulkning saklanishi xususidagi ijtimoiy munosabatlardir1. Normada qamrab olingan xatti-harakatlarning mavzulari, avvalo, ekinlarning (g‘alla, texnika, ozuqa, poliz va hokazolar) ko‘chatlari, daraxtlar, o‘sim- liklarning ko‘chatlari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtiruvchi va boshqa daraxtlar hamda o‘simliklarning ko‘chatlaridir. Taqiqlangan daraxtlar va o‘simliklarning ko‘chatlari bundan mustasno. Biroq sanab o‘tilgan ashyolar mulk egasiga tegishli bo‘lishi lozim, chunki u bunga mehnat sarflagan va foydalanilgan maydondan tabiiy ozuqalar olishni istaydi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni ekinlarni payhon qilish- dan, ko‘chatlarga shikast yetkazish yoki ekinlar va ko‘chatlarning chorva mollari va parrandalar (uy parrandalari) tomonidan yo‘q qilinishi (shikastlanishi) bilan bog‘liq harakat yoki harakatsizlikdan iboratdir. Subyekt xonaki, idoralarga qarashli chorva mollari va parrandalarning egalaridir.
Birinchi qismda nazarda tutilgan xatti-harakatlar ham qasddan (chorva mollari va parrandalarni ekinzorga qo‘yib yuborish yo‘li bilan), ham ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Vakolatli mansabdor shaxs huquqbuzarlik sodir etilganligini aniqlaganda, MJTKning 280-moddasiga muvofiq yetkazilgan zararni hisobga olgan holda bayonnoma tuzadi va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni (38, 285-m.) ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaga ko‘rib chiqish uchun topshiradi (245-m.), 246-moddada ko‘rsatib o‘tilgan hollarda — ma’muriy komissiyaga taqdim etadi.