Bolalarnitarbiyalashvaulargata’limberishborasidagimajbu- riyatlarnibajarmaslik(47-m.). Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiya- lash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquq- buzarlik sodir etishiga olib kelishi, — eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bolalarni tarbiyalash O‘zbekiston fuqarolarining konstitut- siyaviy burchidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida ota-onalar o‘z bolalarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majbur ekanliklari mustahkamlangan. Bu vazifani amalga oshirish uchun ota-onalarga ota-onalik huquqlari, ya’ni o‘z farzandlarini shaxsan tarbiyalash huquqi berilgan. Ota- onalik huquqlari, ayni vaqtda, ota-onalarning bolalarini tarbiyalash sohasidagi vazifasini ham belgilab bergan. Oila to‘g‘risidagi qonunda bu vazifaning mazmuni: bolalarni tarbiyalash, ularning jismoniy kamolotga yetishi va ta’lim olishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish ochib berilgan.
Ushbu normada ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxs- larning ma’muriy jazolanadigan huquqbuzarliklarining quyidagi turlari nazarda tutilgan, ya’ni: a) bu shaxslarning voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish sohasidagi vazifalarini bajarmasligi;
b) ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va o‘qitish sohasidagi vazifalarini bajarmasligi oqibatida voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishi ifodalangan. Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish vazifalarini bajarmaslik deganda harakat- sizlikning turli shakllarini, ya’ni harakatsizlik natijasida voyaga yetmaganlarni tarbiyalash yoki ularga ta’lim berish to‘g‘risida yetarli g‘amxo‘rlik qilinmayotganligini tushunmoq kerak. Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi shu narsada ifodalanadiki, ular bolalarning ma’naviy tarbiyasi, jismoniy kamolga yetishi va sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida umumiy o‘rta yoki kasb-hunar ta’limi olishlari, muvaffaqiyatli o‘qishlari to‘g‘risida zarur shart-sharoitlar yaratib berish borasida g‘amxo‘rlik qilmaydilar. Bolalar tarbiyasi ota-onalarning turli harakatlaridan tashkil topadi, ulardan biri bolalarning xulq-atvorini nazorat qilib borishdir.
Shu sababli ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning bolalar xulq-atvoriga yengiltaklik yoki befarqlik bilan munosabatda bo‘lishi, ular xulq-atvorining jamiyat hayoti normalariga muvofiq kelishini yetarli darajada kuzatib bormasliklari ko‘pincha bolalarning huquqbuzarlik sodir etishiga olib keladi. Bolalar ma’muriy va boshqa
xil huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda ota-onalarning tarbiya sohasidagi vazifalarini yetarli darajada bajarmasliklari javobgarlik subyekti bo‘lib hisoblanadi. Barcha hollarda ota-onalar o‘z harakatsizliklari uchun javobgardirlar, bu harakatsizlik natijasida bolalarning lozim darajada tarbiyalanmasligi yoki ta’lim olmasligi ularning huquqbuzarliklar sodir etishiga sabab bo‘ladi. Ota-onalar va ular o‘rnini bosuvchi shaxslarning ma’muriy javobgarligi 47- moddaga muvofiq, mustaqil asosga ega bo‘lib, o‘smirlarning huquqbuzarlik qilishidan keyin emas, balki u bilan birga sodir bo‘ladi (bunda voyaga yetmaganlarning o‘ziga nisbatan ham qonunda ko‘zda tutilgan choralar qo‘llaniladi).
Basharti aybdor bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish sohasidagi vazifalarini qasddan bajarmagan taqdirda javobgarlikka tortiladi. Vazifalarni bajarmaslikning qasddan sodir etilgan yoki etilmaganligi masalasi har bir muayyan holda bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishning davomiyligi va sabablarini, ularga o‘z vaqtida samarali ta’lim berish uchun sharoitning yo‘qligi, bolaning xulq-atvori va o‘qishi ustidan nazoratning yo‘qligi qancha davom etganligi va ishga doir boshqa barcha holatlarni hisobga olgan holda hal etiladi. Huquqbuzarlikning qasddan sodir etiladigan, xususan, voyaga yetmaganlarning huquqiy normalarni takroran (bir necha marta) buzganligi, bu huquqbuzarliklarning xususiyati, ota- onalar, turli organlar, voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ulla- nuvchi komissiyalar, ichki ishlar organlari, maktablar, hunar- texnika bilim yurtlari ma’muriyati va boshqalarning e’tiborsizligi, loqaydligi hamda hokazolardan dalolat berishi mumkin.
Ushbu modda bo‘yicha faqat ota-onalar, ya’ni bolaning otasi yoki onasi emas, balki voyaga yetmaganlarni tarbiyalash sohasidagi vazifalarni bajarishda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslar ham javobgarlikka tortiladi. Bular — bolani asrab olgan, unga nisbatan qonuniy ota-onalari o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar va tarbiya- chilar bo‘lishi mumkin. Ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar mazkur modda bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortil- maydi. Ota-onalar bolalarni tegishli davlat muassasalariga (masalan, internatlarga) yoki ayrim fuqarolarga tarbiyalash uchun berishga haqlidirlar, biroq bunday holda ularni tarbiyalash vazifasi ota-
onalarda qoladi va ular tarbiyaning lozim darajada amalga oshirilmagani uchun javobgar bo‘ladilar.
Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni voyaga yetguncha tarbiyalaydilar. Bu yoshga yetgandan keyin fuqaro to‘liq voyaga yetgan hisoblanadi va ota-onalarning bolani tarbiyalash sohasidagi huquqiy vazifasiga ehtiyoj qolmaydi. Shunga muvofiq, mazkur huquqbuzarlikning tarkibi faqat voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish sohasidagi vazifalarni bajarishni qamrab oladi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar 47-modda bo‘yicha faqat aybli xulq-atvordagina javobgar bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun bolalarni tarbiyalash sohasidagi ota-onalik vazifalarini ruhiy kasallik, aqliy zaiflik yoki boshqa surunkali kasallik sababli va o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra bajarmagan shaxslarga jazo chorasi qo‘llanilmaydi.
Voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga doir ishlar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar va voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi MJTKning ushbu bobi «Voyaga yetmagan shaxslarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 16-aprel qonuniga muvofiq «471-modda. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik» hamda «472-modda. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzish» nomli moddalar bilan to‘ldirildi1. Ushbu moddalarga asosan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shunday bolalar turgan muas- sasa rahbari yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, shuningdek ular tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar haqida atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar berish hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaga
tarbiyaga (patronat), farzandlikka berishda, ularga vasiylik (homiylik) belgilashda yoxud ularni yetim bolalar yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan tegishli davlat muassasasiga joylashtirishda qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilab qo‘yildi.