Tasdiqlayman” Beruniy tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, M. Abdiraimov noyabr 2022-yil Beruniy tuman xtb ga qarashli 61- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan pedagogik kengash yig‘ilish b a yo n i



Yüklə 22,13 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü22,13 Kb.
#199730
2 пед кенгаш йигилиш баёни ноябр 2022


Tasdiqlayman”
Beruniy tuman xalq ta’limi
bo‘limiga qarashli 61-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabi direktori,
_________ M.Abdiraimov
9 - noyabr 2022-yil
Beruniy tuman XTB ga qarashli 61- umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan pedagogik kengash yig‘ilish
B A YO N I № 2
U.Jumaniyazov MFY
Yig‘ilish raisi: M.Abdiraimov
Yig‘ilish kotibi:
Taklif etilganlar: Maktabning 74- nafar o‘qituvchilar
jamoasi
K U N T A R T I B I:
Maktabda voyaga yetmaganlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoyalash, ular o‘rtasida nazoratsizik va huquqbuzarlikning oldini olish, ularni g‘oyaviy va ommaviy madaniyat tahdidlari ta’siriga tushishdan saqlash borasida “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni”da amalga oshirilgan ishlar tahlili (ichki ishlar va fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida)


ESHITILDI: Yig‘ilishni maktab direktori M.Abdiraimov ochdi va olib bordi. U yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi va so‘zni ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Reimbergenovaga berdi.
Notiq o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi (29.10.2010 yil, №O‘RQ-263) va “Huquqbuzarlik profilaktikasi to‘g‘risida”gi (14.05.2014 yil, №O‘RQ-371) qonunlari va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (14.02.2017 yildagi PQ-2833-son) qarori, XTV va IIV ning 2017 yildagi “Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida”gi memorandumlarga asosan maktabda mahalla fuqarolar yig‘inlari, uchastka profilaktika inspektorlari bilan voyaga etmaganlar o‘rtasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida to‘xtalib, “Davomat”, “O‘quvchi reydi” tadbirlari natijalari, o‘quvchilar tomonidan muntazam dars mashg‘ulotlarini sababsiz qoldirishlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ota-onalarning burchlari to‘g‘risida gapirib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-,45- va 64-moddalari, Oila Kodeksining 73-moddasi, Ma’muriy-javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi talablariga rioya qilish kerakligini aytib o‘tdi.
Darslarga kelmayotgan o‘quvchilar va ularni ota-onalari bilan qator ishlar olib borilganligi, jumladan davra suxbatlari, ota-onalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatish va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni tashkil etilayotganligi ammo ushbu amalga oshirilayotgan ishlarni kengaytirish va doimiy ravishda tashkil etib borish lozimligi, muntazam darslarga kelmaydigan o‘quvchilarni darslarga jalb qilish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab berilganligi, bugungi kungacha va bundan buyon ham ushbu ishlarni amalga oshirishda xuquqni muxofaza qiluvchi organlar va jamoatchilik bilan xamkorlikni uzmaslik va doimiy hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, maktabda joriy yilda 52 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga bepul darsliklar berilganligi, 2 nafar o‘quvchiga nisbatan xomiylik va vasiylik belgilanganligi, 7 nafar yoki otasi, yoki onasi yo‘q o‘quvchilar nazoratga olinib ularning yurish turishi, oilaviy ahvolidan xabardor bo‘lib turilganligi haqida ma’lumot berdi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan maktab o‘qituvchilari ____________, _________lar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan so‘zga chiqqanlarning fikr mulohazalarini tinglab va muhokama qilib, yig‘ilish
Q A R O R Q I L AD I :
1. Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqishgan maktab direktori o‘rinbosarlari M.Reimbergenovaning ma’ruzasi ma’lumot va asos uchun qabul qilinsin.
3. Yoshlar etakchisi va sinf rahbarlariga o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlikni oldini olish tushuntirish ishlarini olib borish, davomatini ta’minlash, muntazam darslarga qatnashmayotgan o‘quvchilar haqidagi ma’lumotni maktab rahbariyatiga ma’lum qilish, ijtimoiy himoyaga muxtoj o‘quvchilarni huquqlarini himoya qilish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish vazifalari topshirilsin.
4. Maktabdagi to‘garak va sport seksiyalarini ishini jonlantirish, yoshlarni qiziquviga qarab to‘garak va seksiyalarga jalb etishni takomillashtirish.
5. Yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va giyohvandlikka qarshi kurash tadbirlarini kuchaytirish.
6. “Yoshlar va Qonun” mavzusida tuman IIB xodimlari va boshqa organlar bilan hamkorlikni kuchaytirilsin
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari R.Xudaybergenov hamda M.Reimbergenovalar zimmasiga yuklatilsin.

Yig‘ilish kotibi:
Yüklə 22,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin