Ma’muriy huquqbuzarlikning o‘ziga xos xususiyatlari. Yuqo- rida ko‘rib o‘tganimizdek, davlatning huquqiy tizimi, odatda jinoiy, ma’muriy va intizomiy jazo sanksiyalari bilan muhofaza qilinadi. Jumladan, aniq holatlarga qarab saylov huquqini, mulkchilikni, mehnat, sanitariya, ekologiya qoidalarini buzganlik uchun jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin. Ushbu javobgarliklarning birinchi o‘xshash tomoni shundaki, ular huquq-tartibotni muhofaza qiladi; ikkinchidan, bu javobgarlik sanksiyalari qonunlar bilan o‘rnatilgan; uchinchidan, ular hu- quqqa xilof aybli qilmish (huquqbuzarliklar) uchun qo‘llaniladi; to‘rtinchidan, qonunchilik hujjatlarida javobgarlikni qo‘llash jarayoni va uni qo‘llovchi organlarning vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan; beshinchidan, ularni qo‘llash aybdor shaxsga nisbatan «noxush» oqibatlarga, shuningdek, ma’lum muddatga javobgarlikka tortil- ganlikka (masalan, jinoyatda sudlanganlik, ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilganlikka) olib keladi.
Demak, jinoiy, ma’muriy va intizomiy javobgarlik ko‘pgina o‘xshash tomonlarga ega. Lekin qonuniylik tartibini ta’minlashda huquqbuzarlikni tasniflash, aybdor shaxsni qonuniy va asoslan- tirilgan jazoga tortish maqsadida, huquqbuzarlik ko‘rinishlarini farqlash lozim.
Jinoyat nojo‘ya (ma’muriy, intizomiy) xatti-harakatdan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Bu birinchi navbatda, huquqqa xilof qilmishning ijtimoiy xavfi va turiga tegishli. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasiga binoan ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyatdeb topiladi. Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetka- zadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfni keltirib chiqa- radigan qilmish – ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Ma’lumki, har qanday huquqqa xilof qilmishdan kelib chiqadigan moddiy, ya’ni jamiyatga yetkaziladigan zarar darajasi birinchi o‘rinda turadi. Aynan unga qarab huquqqa xilof qilmishning turi: jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy huquqbuzarlik ekanligi masalasi hal qilinadi. Ikkinchidan, mazkur javobgarliklarni farq- lashda ularning turli protsessual normalar orqali tartibga solingan- ligi, shuningdek, sudlanganlik, ma’muriy yoki intizomiy javob- garlikka tortilganlik masalasi e’tiborga olinadi.
Yuridik adabiyotlarda, huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavfliligi masalasi bo‘yicha ikki xil yondashuv mavjud. Ko‘pgina huquq- shunos olimlar, huquqbuzarliklarning barchasi ijtimoiy xavfli, ya’ni ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan xatti-harakatlar jinoyat, nojo‘ya xatti-harakatlar esa, kam ahamiyatli huquqbuzarlik, deb ko‘rsa- tadilar.
Ba’zi huquqshunos olimlarning ko‘rsatishicha, huquqbuzar- liklar o‘rtasida miqdoriy daraja (ijtimoiy xavfning yuqori yoki kam ahamiyatliligi) emas, balki aniq sifat darajasida farqlar mavjud. Jinoyat — ijtimoiy xavfli, nojo‘ya xatti-harakatlar esa, ijtimoiy xavfli emas.
Huquqbuzarlikda ijtimoiy xavfning mavjudligi yoki yo‘qligi masalasi tegishli davlat organlari vakolatiga mansub va huquqbuzarlik tarkibining xususiyatlarini aniqlash orqali hal qilinadi.
Nojo‘ya xatti-harakatlarning ijtimoiy xavfli qilmishga kirishi yoki kirmasligi masalasi ancha vaqtdan buyon munozarali bo‘lib kelmoqda. Ijtimoiy xavfli qilmishning aniq darajalari o‘rnatilmas ekan, yagona qarorga kelish mushkuldir. Masalan, belgilanmagan joydan ko‘chani kesib o‘tish, transportda chiðtasiz yurish, harbiy ro‘yxatda turish majburiyatini bajarmaganlik va boshqa shunga o‘xshash xatti-harakatlar ijtimoiy xavfli deb topilsa, «ijtimoiy xavfli» degan ibora tushunchasi nima, bu tushunchaning chegarasi qayerda, degan savol vujudga keladi.
Ijtimoiyxavfliqilmish— ijtimoiy munosabatlarga ma’lum bir zarar keltiradigan yoki keltirishi mumkin bo‘lgan qilmishdir. Bunday xatti-harakatlar yig‘indisi muayyan sharoitda, jinoyat yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli, barcha huquqbuzarlikni (shuningdek, ma’muriy nojo‘ya xatti-harakat- larni) ijtimoiy xavfli qilmish deb topish mumkin emas.
Ba’zi huquqshunos olimlar, ma’muriy nojo‘ya xatti- harakatlarda ijtimoiy xavfning bo‘lishini, butunlay inkor etadilar. Lekin umumiy qoidaga to‘g‘ri kelmasa ham, ba’zi bir nojo‘ya xatti-harakatlar ijtimoiy xavfni vujudga keltirishi mumkin.
Nojo‘ya xatti-harakatlar, odatda, ijtimoiy xavflilik xususiyatiga ega bo‘lmay, ijtimoiy zararli qilmish hisoblanadi.
Demak, jinoyatning nojo‘ya xatti-harakatdan asosiy farqi shundaki, unda qilmish ijtimoiy xavfli hisoblanadi. Masalan, aynan bitta ko‘rinishga ega bo‘lgan, lekin ikki xil javobgarlikni vujudga keltiradigan huquqbuzarlikni, ya’ni jinoyat va ma’muriy huquq- buzarlik o‘rtasidagi farqni, ijtimoiy xavflilik darajasida ko‘rish mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 41- moddasigabinoanhaqoratqilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr- qimmatini qasddan kamsitish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasiga binoan esa, haqoratqilish,ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat hisoblanadi. Bunda, haqorat qilish harakati ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng, qayta sodir etilishi ijtimoiy xavfni (jinoiy qilmishni) vujudga keltiradi.
Qonun chiqaruvchi ma’muriy huquqbuzarliklarga tavsif berar ekan, jinoyatlardan farqli o‘laroq, ularni ijtimoiy xavfli xatti- harakatlar deb atamagan (Qarang, O‘zbekiston Respublikasi MJTK 10-moddasining 1-qismi). Bu bilan mazkur huquqbu- zarliklar ikki turining sifat jihatdan farqlari qayd etilgan.
Masalan, ma’muriy huquqbuzarlik bilan jinoyat o‘rtasidagi farqlovchi xususiyatlar (chegara chiziqlari) sifatida: birinchidan, og‘ir oqibatlarning mavjudligi, ularning ro‘y berishi mumkinligi; ikkinchidan, huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararning miqdori; uchinchidan, ma’muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng takroran huquqbuzarlik sodir etish va boshqalar ko‘rsatib o‘tiladi. Qilmish jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sifatida tasniflangandan so‘ng, javobgarlikka tortish tartibi, jazo chorasi va boshqalarda namoyon bo‘luvchi ikkinchi darajali xususiyatlar
vujudga keladi.
Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga binoan 16 yoshga to‘lgan fuqarolar, Jinoyat kodeksiga binoan esa, ayrim jinoyatlar uchun 13 yoshga to‘lgan fuqarolar javobgarlikka tortiladi. Ma’muriy javobgarlikda uni qo‘llash jarayoni soddalashtirilgan (masalan, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga bayonnomani tuzish orqali ma’muriy jazoni qo‘llash mumkin), jinoyatda esa, jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish lozim; ma’muriy javobgarlik sud va boshqa davlat organlari tomonidan, jinoiy javobgarlik esa, faqatgina sud organlari tomonidan qo‘llanishi
mumkin va hokazo.
Ma’muriy nojo‘ya xatti-harakatlar bilan intizomiy nojo‘ya xatti-harakatlarni taqqoslaganda, ularning ikkalasi ham ijtimoiy xavfli qilmish hisoblanmasligini e’tiborga olish lozim. Lekin ularning formal xususiyati - huquqqa xilofligi nuqtai nazaridan kelib chiqqanda, ma’lum farqli tomonlar mavjud. Ma’muriy huquqbu- zarlik bilan bog‘liq barcha holatlar: uning tarkibi, sanksiyalar tizimi va boshqalar ma’muriy huquq bilan tartibga solinadi. Intizomiy nojo‘ya hatti-harakatlarga qarshi kurash - mehnat qonunchiligi bilan,harbiy xizmatchilarning, yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar hamda ichki ishlar organlarining oddiy askarlar va bosh- liqlar tarkibiga mansub shaxslarning intizomiy javobgarligi - ma’muriy qonunchilik (intizom ustavlari) bilan, ozodlikdan mah- rum etilgan shaxslarning jazoni o‘tash qoidalari jinoyat ijroiya qonunchiligibilan tartibga solinadi. Bunda intizomiy nojo‘ya xatti- harakatlarning tarkibi umumiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan, ya’ni aniqlashtirilmagan.
Intizomiy javobgarlik odatda, xizmat vazifalarini bajarmagan- likdan yoki lozim darajada bajarmaganlikdan vujudga keladi. Ma’muriy javobgarlik esa, umumiy qoidaga binoan, davlat bosh- qaruvi sohasidagi umummajburiy qoidalar bajarilmagandan yoki lozim darajada bajarilmagandan kelib chiqadi. Demak, ma’muriy javobgarlik orqali muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlar doirasi, intizomiy javobgarlikka qaraganda kengroqdir.
Intizomiy nojo‘ya xatti-harakatlar uchun intizomiy javobgarlik vakolatli rahbar (yuqori turuvchi organ yoki mansabdor shaxs)
tomonidan o‘ziga bo‘ysungan shaxsga nisbatan, ma’muriy javobgarlikda esa vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan xizmat bo‘yicha bo‘ysunuv mavjud bo‘lmagan holat- larda qo‘llaniladi. Demak, ma’muriy huquqbuzarlik (nojo‘ya xatti- harakat) tushunchasi jinoyat va intizomiy nojo‘ya xatti-harakat tushunchalariga yaqin turishi bilan bir vaqtda, turli asoslarga ko‘ra farq qiluvchi va o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir.