O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Fohishalik bilan shug‘ullanish (190-m.)



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə109/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Fohishalik bilan shug‘ullanish (190-m.). Fohishalik bilan shug‘ullanish, — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ayolning moddiy mukofot evaziga erkak bilan jinsiy aloqada bo‘lishini fohishalik deb tushunish kerak. Fohishalik tushuncha- sining o‘zi erkaklar bilan jinsiy aloqalar orqali moddiy manfaat ko‘rishga yo‘naltirilgan muntazam xatti-harakatdir. Shuning uchun rag‘bat evaziga erkak bilan aloqada bo‘lishning alohida, ayrim faktlari ushbu normadagi ayb belgisiga ega emas. Moddiy manfaat ko‘rish uchun erkaklar bilan bir necha marta (yil davomida ikki martadan ko‘p) jinsiy aloqada bo‘lishni muntazamlilik deb tushunish kerak. Fohishalik bilan kasb sifatida shug‘ullanish moddiy manfaat ko‘rish uchun erkaklar bilan muntazam jinsiy aloqaga kirishishni, bu rag‘bat asosiy yoki qo‘shimcha, lekin moddiy manfaat ko‘rish- ning doimiy manbai ekanini ko‘zda tutadi. Bunda har bir jinsiy aloqa uchun olinadigan rag‘bat miqdori tasnif uchun ahamiyatga ega emas. Moddiy rag‘bat sifatida faqat o‘zbek va chet el valutasigina emas, balki boshqa turli moddiy ashyolar (buyumlar, qimmatbaho narsalar, spirtli ichimliklar va hokazolar) ham ishlatilishi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik subyektiv tomondan bevosita qasddan sodir etiladi, ya’ni ayol o‘z xatti-harakatining noqonuniy ekanini anglasa ham uni amalga oshirish niyatida bo‘ladi. Bundan tashqari, huquqbuzarda aniq ifodalangan maqsad — moddiy manfaat ko‘rish xohishi bor. Moddiy manfaat ko‘rish fohishalikning amaliy
belgisidir, chunki bu maqsad huquqbuzarda jinsiy aloqaga kirishishdan oldin yuzaga keladi.
16 yoshga yetgan ayol jinsidagi shaxs huquqbuzarlikning subyekti hisoblanadi. Fohishalik bilan shug‘ullanayotganiga yetarli darajada asos bo‘lgan shaxslar jamiyat uchun zararli xulq-atvorga yo‘l qo‘yilmasligi xususida rasmiy ravishda ogoxdantirish va ro‘yxatga olib qo‘yish uchun militsiyaga chaqirtiriladilar. Bunday shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlari (militsiya)ning bunga vakil qilingan mansabdor shaxslari ma’muriy ushlab turish, shaxsan tekshirish va buyumlarni musodara qilish choralarini qo‘llashi mumkin. Ushbu huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ichki ishlar organlari (militsiya) xodimlari tomonidan tuziladi. Mavjud huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish uchun huquqbuzar militsiya xodimlari tomonidan ichki ishlar organlariga (militsiyaga) olib kelinishi mumkin. Huquqbuzarlik to‘g‘isidagi ish ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi (245-m.).
Fohishalik bilan shug‘ullangani uchun ma’muriy jazolangan shaxs tanosil kasalligini aniqlash va davolash maqsadida tibbiy tekshiruv uchun yuborilishi lozim. Huquqbuzar uzrli sababsiz tibbiy muassasaga yoki ichki ishlar organi (militsiya)ga borishdan bosh tortgan taqdirda majburiy tartibda ushlab keltiriladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin