O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə111/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik


Boshqaruv sohasida huquqiy normalar yordamida tartibga solingan, vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy munosabatlar boshqaruv tartibi deb ataladi. Boshqaruv tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar O‘zbekiston Res- publikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 193–241- moddalarida qayd etilgan.
Bunday huquqbuzarliklarning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik (194-m.). Militsiya xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, militsiyaga borish yoki ko‘rsatilgan muddatda militsiyada bo‘lishdan iborat qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud militsiya xodimining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, xuddi shuningdek, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifalarini amalga oshirayotgan boshqa shaxslarning qonuniy talablarini bajarmaslik, — eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha mikdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

  • eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Huquq-tartibotni himoya qilish va qonunni mustahkamlashda ichki ishlar organlari alohida rol o‘ynaydi. Ichki ishlar organlari xodimlari davlat hokimiyatining vakillari hisoblanadilar, davlatning alohida himoyasida turadilar. Militsiya xodimining qonuniy talabi barcha fuqaro va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi shart. Jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash vazifasini amalga oshiruvchi shaxslarga — ixtisoslash- tirilgan ijtimoiy tuzilma a’zolari bo‘lmish fuqarolar (mahalla posbonlari), O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari, Qurolli Kuchlarning oddiy askarlar, serjant va ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar ana shunday shaxslardir. Ular jamoat tartibini saqlash vazifalarini bajarish jarayonida fuqarolarga va tegishli mansabdor shaxslarga majburiy farmoyish berish va huquq tartibotni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy talablar qo‘yish
huquqiga egadirlar.
Boshqaruv tartibi sohasida ijtimoiy munosabatlar ushbu huquqbuzarlikning obyekti hisoblanadi. Davlat hokimiyati, ichki ishlar organi xodimi hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning
huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi vazifalarni amalga oshiruvchi shaxslarning obro‘si ichki ishlar organlari (militsiya) xodimining qonuniy talabi bajarilmasligining bevosita obyekti hisoblanadi.
Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni ichki ishlar organlari xodimi, mahalla posboni, harbiy xizmatchining talabini bajarmaslikka qaratilgan harakat yoki harakatsizlik bilan ifodalanadi. Ichki ishlar organlari xodimining talabini bajarmaslik natijasida zararli oqibatning yuzaga kelishi shart emas. Huquqbuzarlik tarkibiga bevosita kirmaydigan oqibatlarga faqat harakat yoki harakatsizlikni ifodalovchi belgilar talabini bajarmaslikning obyektiv tomoni qo‘shiladi. Tarkibni tasniflash uchun shaxsning qonuniy talablarni bajarmaganligini, ya’ni bo‘ysunmaganligini belgilash muhim. Bunda shuni ta’kidlash kerakki, mazkur moddada nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibi talabni bajarmaslik faqat bir necha marta qat’iy qilingan talabni bajarmaslikda yoki jamoat tartibini muhofaza qiladigan shaxslar va organlarga nisbatan yaqqol hurmatsizlik ko‘rinishidan dalolat beradigan qo‘pol shakldagi bo‘ysunmaslikda yuzaga keladi. Ichki ishlar organlari xodimi, mahalla posbonlari yoki harbiy xizmatchining talabi takroriy va qat’iy usulda bo‘lishi, tartib buzuvchining buni bajarishdan voz kechishi so‘z, imo- ishora, sukut saqlash shaklida namoyon bo‘lishi lozim. Bunda aybdor ko‘pchilik oldidami yoki ichki ishlar organlari xodimi, mahalla posboni yoki harbiy xizmatchi oldidami bo‘ysunmaslikni namoyon etishining ahamiyati yo‘q.
16 yoshga yetgan shaxs ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning
subyekti bo‘lishi mumkin. Subyektiv tomoni — huquqbuzarlikning qasddan sodir etilganligi.
Agar ichki ishlar organlari xodimi yoki mahalla posboni, shuningdek, harbiy xizmatchining talabi qonuniy, asoslangan va jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarish chog‘ida berilgan yoki ko‘rsatilgan bo‘lsa, aybdor 194-modda bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. Shuning uchun, agar 194-moddada ko‘rsatilgan harakat ichki ishlar organlari xodimi, mahalla posboni yoki harbiy xizmatchi jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘z vazifasini o‘tayotgan paytda emas, balki boshqa qonuniy faoliyat ko‘rsatayotganda sodir bo‘lsa, unda 194-modda qo‘llanilmaydi.
Ichki ishlar organlari xodimi yoki mahalla posboni, shuning- dek, harbiy xizmatchining jamoat tartibini saqlashda o‘z vazifasini bajarayotganini belgilangan tartibda kiyingani, tegishli ko‘krak nishoni borligi yoki xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi shohidlik beradi.
Agar huquqbuzarlik ichki ishlar organlari xodimi, mahalla posboni yoki harbiy xizmatchi tomonidan jamoat tartibi har qanday tarzda buzilishi yoki axloqqa zidligi ogohlantirilgan yoki oldi olingan bo‘lsa, aybdorning mazkur harakati 194-modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Ko‘pincha ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talabi bajarilmasligi qonun bo‘yicha ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan boshqa jamoat tartibi buzilishini keltirib chiqaradi. Agar bu harakat amalda bitta huqu- buzarlik elementlarini yuzaga keltirsa, aybdor amalga oshirgan qilmish jiddiyroq javobgarlik nazarda tutilgan modda bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Huquqbuzarlik ichki ishlar organlari xodimi, mahalla posboni yoki harbiy xizmatchiga jamoat tartibini saqlashda o‘z vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilgan-qilmaganligidan qat’i nazar, qonuniy talabni bajarmaslikda aybdor hisoblangan paytdan boshlab tan olinadi.
Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha belgilangan vazifani bajarishida ichki ishlar organlari xodimi yoki mahalla posboniga, xuddi shuningdek, harbiy xizmatchiga qarshilik ko‘rsatgan aybdorlar JKning 219-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
194-modda bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar amalga oshiradilar (145-m.).

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin