O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə113/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Pasport tizimi qoidalarini buzish (223-m.). Pasporti bo‘lishi shart bo‘lgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek, pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yo‘qolishi — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fuqarolarning yo‘qolganligi to‘g‘risida o‘zlari ariza bergan o‘z pasportlaridan, shuningdek, boshqa fuqarolarga tegishli pas- portlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yoxud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashiga yo‘l qo‘yish, xuddi shuningdek, fuqarolarning o‘z turarjoylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz shaxslar yashab turishga yo‘l qo‘yishi — eng kam ish haqining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, xuddi shuningdek, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish, shuningdek, fuqarolardan pasport- larini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki ularning pasportlarini garovga olish — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi O‘zbekiston Res- publikasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunida1, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekis- ton Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 1999-yil 26-fevral farmonida, shuningdek, O‘zbekiston Res- publikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan. Ushbu qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro- sining pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolarida O‘zbekiston Respublikasining pasporti bo‘lishi shart. Harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar va harbiy biletlar harbiy xizmatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir. Pasport xorijga jo‘nab ketish chog‘ida ham amal qiladi. Xorijga jo‘nab ketayotgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda rasmiylashtiriladi. «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti:

    • qonun kuchga kirgan kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan shaxslarga;

    • O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga o‘tgan shaxslarga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi. O‘zbekiston Respubli- kasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek,

«O‘zbekiston Respubliqasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga o‘tgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respub- likasining xorijdagi diðlomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi berishi mumkin.
Pasport berishda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tasdiqla- gan miqdorda haq olinadi. Xorijga chiqish huquqini beruvchi hujjatlarni egasiga topshirishda belgilangan tartibda davlat boji olinadi. To‘la davlat ta’minotida bo‘lgan shaxslar boj to‘lashdan ozod qilinadi.
Fuqaro o‘z pasportini avaylab-asrashi shart. Pasport yo‘qotil- gani haqida fuqaro ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diðlomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga darhol xabar qilishga majburdir. Ular esa fuqaroning iltimosiga binoan, unga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beradi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilganidan tashqari fuqaroning pasportini tortib olish, shuningdek, pasportni garov tariqasida qoldirish va garovga olib qolish taqiqlanadi.
Pasportni ataylab buzish — hujjatdan o‘z vazifasida foydala- nish mumkin bo‘lmay qolishi natijasida yoki undan foydalanish (hujjatning muhim qismiga siyoh to‘kilgan, hujjatning bir qismi yirtib olingan hamda yo‘qotilgan va hokazo) ancha qiyinlashadigan darajada zarar keltirishdir.
Fuqarolarning o‘z pasportlaridan yoki boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan g‘arazli maqsadda foydalanishi, odatda biror manfaat ko‘rish: garov, qayd etilishi va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Shaxsni pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan yashash uchun qo‘yishda uy egalari, odatda g‘arazli maqsadlarni ko‘zlaydilar.
Uch kundan ko‘p muddatga, ta’tilga, mehmon bo‘lib, dam olishga, xizmat safariga, shuningdek, savdo va boshqa faoliyat
bilan shug‘ullanish uchun shaharga kelgan fuqarolar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Ro‘yxatdan o‘tish aynan fuqaro yashayotgan joyida: mehmonxonalarda, motellarda, sayyohlar kempingi va bazalari, dam olish uylari va pansionatlarida, internat, yotoqxona va xususiy manzillarda amalga oshiriladi. Fuqarolarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga rioya etish uchun:

    • uy-joylardan foydalanish idoralarining boshliqlari, mahalla qo‘mitalari raislari, yotoqxona komendantlari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining raislari;

    • mehmonxona, dam olish uylari, pansionati, sayyohlar bazasi va kempinglar, yotoqxonalar va boshqalarning direktorlari (mudirlari);

    • fuqarolarni turarjoy sektoriga joylashtirish bilan shug‘u- llanuvchi xususiy yoki boshqa korxonalar rahbarlari;

    • uy va xonadon egalari, shuningdek, ixtiyorida turarjoy binolari va imoratlari bo‘lgan boshqa shaxslar mas’uldirlar.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun fuqaroning yonida pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, shuningdek, kelishdan maqsadini belgilovchi hujjatlar (xizmat safari guvohnomasi, ta’til guvohnomasi, yo‘llanma va boshqalar) bo‘lishi lozim.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Shaharga kelgan shaxs ma’muriy yoki jinoiy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tganlik bekor qilinadi. Pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan ishga qabul qilish xodimlarni ishga qabul qilish yoki bo‘shatish huquqiga ega bo‘lmagan mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqaruvning belgilangan tartibi ushbu huquqbuzarlik obyekti hisoblanadi. Obyektiv tomoni ham harakat, ham harakat- sizlik shaklida ifodalanadi. Subyekti — fuqarolar va mansabdor shaxslar. Subyektiv tomoni qilmishning qasd yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilganligi bilan belgilanadi.
Ushbu modda bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik ishlari ichki ishlar organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi (248-m.).

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin