O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash1



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə106/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish maqsadida saqlash1 (184-m.). Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash — materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa —yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Jamoat tartibi, boshqarishning belgilangan tartibi sharhla- nayotgan hukuqbuzarlikning qasd qilish obyekti hisoblanadi.
Jamoat tartibi jamoat joylarida shakllanadigan ijtimoiy munosa- batlardir. Ularni shakllantirish odamlarning mehnat faoliyati, turmushi va dam olishi uchun shuningdek, ijtimoiy axloq, shaxs- ning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish talablariga rioya etish uchun osoyishta vaziyat va qulay shart-sharoitni ta’minlaydi. Jamoat xavfsizligi deganda xavf-xatarning, ya’ni kimgadir yoki nimagadir, avvalo, odamlar va ularning mol-mulkiga xavf solishning yo‘qligi tushuniladi. Shu bilan birga, xavf-xatar turli sabablar natijasida, shu jumladan, turli transport vositalaridan foydalanish talablari buzilganda, qurol-yarog‘, o‘q-dori, portlovchi moddalar, kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar va shu kabilar bilan muomala qilinganda yuzaga kelishi mumkin.
Jamoat xavfsizligi boshqacha yo‘sindagi sharoit yuzaga kelganda ham buzilishi mumkin. Boshqacha yo‘sindagi sharoit deganda Respublikaning ma’lum bir qismida aholining bir me’yorda
kechadigan hayoti, davlat organlari, shuningdek, korxona, muassasa, o‘quv yurtlari, jamoat tashkilotlarining faoliyati tabiiy ofatlar, guruxiy bezorilik, ommaviy tartibsizlik va boshqacha vaziyatlar oqibatida buzilishi tushuniladi.
Xavfsizlik shartlari ko‘p sonli odamlarning o‘zaro munosabat- larini tartibga sololmaslik: ommaviy tadbirlar tashkil etishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ko‘p sonli odamlarning betartib to‘planishi jarayonining oldini olish uchun chora ko‘rmaslik yoki kechikib chora ko‘rganlik natijasida buzilishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan huquqbuzarlikning obyektiv tomoni xatti-harakatda ifodalanadi. Huquqbuzar siyosiy tusdagi mulohaza va o‘zida mavjud e’tiqod hamda qarashlar bilan (varaqalar tarqatish, da’vat etish, vahimani yuzaga keltiruvchi yolg‘on mish-mishlarni yoyish) harakat qiladi.
16 yoshga to‘lgan, qonun oldida javob bera oladigan shaxslar, mansabdor shaxslar huquqbuzarlik subyektlari hisoblanadi. Mansabdor shaxslar g‘ayrihuquqiy shart-sharoit yaratib bergani (videoovoz mahsulotlarini namoyish etish, materiallarni ko‘payti- rish texnikasi uchun binoni berib turgani) uchun huquqbuzar bo‘lishlari mumkin.
Huquqbuzarlikning subyektiv tomoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki ehtiyotsizlik bilan qasd qilishda ifodalanadi. Agar huquqbuzar shu yo‘sinda (vahimani yuzaga keltiradigan mish-mish, g‘iybat gaplarni tarqatish) hazillashishni mo‘ljallab, bunday «hazil»ning zararli oqibatlarini xayoliga keltirmay yanglishgan bo‘lsa, qasd ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan hisoblanadi.
Huquqbuzarlikning ushbu ko‘rinishi bo‘yicha barcha material- larni ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar (245-m.), 247-moddada ko‘rsatilgan hollarda esa voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya ko‘rib chiqishi lozim.
Fuqarolarni qirg‘in qilish yoki majburan ko‘chirib yuborishga da’vat etish mazmunidagi yoki aholi orasida vahima uyg‘otishga qaratilgan yozma, bosma videotovush shaklidagi materiallarni musodara qilish to‘g‘risidagi qaror sud departamenti sud ijrochilari tomonidan ijro etiladi (MJTK 337-m. 1-q.).

Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish(1842-m.). Diniy


mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin