Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash1 (174-m.). Soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa obyektlarni qasddan yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) yoxud soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash — fuqarolarga eng kam ish haqining uch barava- ridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa,
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n barava- rigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlash, deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish — eng kam ish haqining bir baravari- dan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Subyektlar korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning man- sabdor shaxslari, shuningdek, 16 yoshga to‘lgan fuqarolar bo‘lishi mumkin.
Huquqbuzarlik subyektiv tomondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘arazli niyat bilan ifodalanadi. Aybdor o‘zi sodir etayotgan harakatning huquqqa xilof ekanligini biladi va uni sodir etishni istaydi.
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishdan qasddan bo‘- yin tovlash JKning 184-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Kodeksning 174-moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar davlat soliq organlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi (264-m.).
10-§. Odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
Odil sudlovga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik MJTKning 180–182-moddalarida belgilangan.