O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə100/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish (161-m.). Shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek, tozalik va sanitariya tartibini ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik, — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha mikdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. MJTKga 161-moddaning kiritilishiga sabab shuki, Kodeksning 6- moddasida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi va ular hokimlarining qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan doirada qoidalar belgilash huquqi joriy qilingan bo‘lib, ularni buzganlik uchun javobgarlik kelib chiqadi. Shaharlar va aholi yashaydigan punktlarni obodonlashtirish tartibi, belgilangan qoidalari ma’muriy huquqbuzarlikning tajovuz obyekti hisobla- nadi, ularni yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xalq deputatlari kengashlari va ularning hokimlari belgilaydilar, bu qoidalarni buzish aholi punktining qiyofasiga putur yetkazadi, unda yashovchilar uchun noqulayliklar keltirib chiqaradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan davlat hokimiyati mahalliy organlari va hokimlarining qarorlari bilan obodonlashtirish, tozalik va tartib masalalari yuzasidan: hududlarni yig‘ishtirishni tashkil etish, yer osti inshootlari o‘tkazish va qayta tashkil etish ishlarini amalga oshirish, uylar, xonadonlarni raqamlab chiqish tartibi to‘g‘risida,
belgilarni joylashtirish, uy-joylar, binolar, inshootlar va shu kabilarni qismlarga ajratish va buzish qoidalari joriy qilinadi.
Uy-joylar, ma’muriy va sanoat binolari hamda boshqa obyektlarning saklanishi uchun javobgar bo‘lgan tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslar, shuningdek, yer uchastkalari- ning foydalanuvchilari quyidagilarni bajarishlari shart: binolar va inshootlarning old tomonlarini, to‘siqlarni, ekranlar, balkonlar va lodjiyalarni, hovli va ko‘cha hududlarining asfalt va boshqa qatlamlarini ta’mirlash va bo‘yash ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash; fuqarolar va tashkilotlarning balkonlar va lodjiyalarni o‘zboshimchalik bilan qayta jihozlashiga, hududlarni o‘zlaricha kavlashlariga, saroylar, garajlarni, shtaket va boshqa to‘siqlarni viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan shaharlarning bosh me’morchilik-rejalashtirish boshqarmasi bilan kelishmasdan turib qurishlariga yo‘l qo‘ymaslik. Uy-joy tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslari hamda shaxsiy mulk huquqidagi uy-joylarga egalik qiluvchi fuqarolar shaharlarning hududlarini yig‘ishtirishni tashkil etish qoidalariga rioya qilishlari lozim. Vakolatli organlarning maxsus ruxsatiga ega bo‘lmay turib, o‘zboshimchalik bilan e’lonlar yopishtirish, reklamalar, axborot va ma’lumotnomalar stendla- rini, lavhalar, gaz-nurli qurilmalar, afishalar va shu kabilarni joylashtirish taqiqlanadi.
Ko‘chalarda yer osti inshootlarini o‘tkazish, qayta qurish va ta’mirlashda yer kavlash, yog‘ochlar, devorlar, to‘siqlar o‘rnatish bilan bog‘liq barcha turdagi ishlar vakolatli organlarning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim. Shahar ko‘chalarida va maydonlarida chakana savdo obyektlarini joylashtirish amaldagi namunaviy loyihalar asosida va vakolatli organlar bilan kelishilgan joylarda amalga oshirilishi kerak.
Ishlab chiqarish, savdo, kommunal va madaniy-maishiy korxonalarning rahbarlari o‘z korxonalarining yo‘laklari, sokol- lari, vitrinalari, lavhalari, reklama va boshqa jihozlarini toza va soz holatda saqlashni, kechqurungi vaqtlarda barcha vitrinalarning yoritilishini ta’min etishlari shart.
Tramvay depolari, trolleybus, avtobus va taksomotor parklari, avtobazalar, garajlarning ma’muriyati, barcha turdagi transport
haydovchilari, shuningdek, shaxsiy mulk huquqida transport vositalariga ega bo‘lgan shaxslar mazkur vositalarni shahar ko‘chalariga orasta va toza holatda chiqarishlari shart.
Har qanday tuproq va axlatni ana shu maqsadlar uchun ajratilmagan joylarga ag‘darish qat’iyan man qilinadi. Ko‘chalarda, maydonlarda kichik me’morchilik shakllaridagi stendlarni o‘rnatish vakolatli organlar bilan kelishilgan joylarda amaldagi namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishi lozim.
Bunday huquqbuzarlik qasddan va ehtiyotsizlik bilan sodir etilgan bo‘lishi mumkin.
Ularning subyektlari fuqarolar va mansabdor shaxslardir. 161-moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
to‘g‘risidagi ishlar tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalari (245-m.), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qoshida tuzilgan ma’muriy komissiyalar (246-m.) va 248-moddaning fuqarolarga taalluqli 4-bandida ko‘rsatilgan ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ko‘rib chiqiladi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin