7-§. Transportdagi, yo‘l xo‘jaligi va aloqa sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
Transportdagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113–146-moddalarida nazarda tutilgan. Ushbu huquqbuzarliklarning turdosh obyekti transport sohasida o‘rnatilgan qoidalar.
Temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish (113-m.). Temir yo‘l izlariga poyezddar qatnovining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ashyolarni qo‘yish, shuningdek, temir yo‘lni, ihota daraxtlarini va qor to‘sish g‘ovlarini hamda boshqa yo‘l obyektlarini, signal berish va aloqa inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, — eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish va chorva mollarini haydab o‘tish, chorva mollarini temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish, — eng kam ish haqining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Temir yo‘l transportiga yuk ortish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilmaslik, — mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tish, — eng kam ish haqining yigirmadan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Transport vositalari haydovchilari tomonidan temir yo‘l izini belgilanmagan joydan kesib o‘tish, — eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Temir yo‘l transportida xavfsiz ishlash mazkur xatti-harakat- ning obyekti hisoblanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan xatti- harakatning obyektiv tomoni yo muayyan harakatlar yoki temir yo‘l transportida amal qiluvchi bir qator normativ hujjatlar (qoidalar, yo‘riqnomalar)ning talablarini buzish tashkil etadi. 1- qismda mazkur xatti-harakatning obyektiv tomonini tashkil etuvchi muayyan qoidalarning buzilishi sanab o‘tilgan. Bular temir yo‘l izi ustiga turli narsalarni qo‘yishdan iborat bo‘lib, ular poyezdlar qatnovining buzilishi, temir yo‘llarning shikastla-
nishini, ihota daraxtlarining, qor to‘sish g‘ovlarining, shuningdek, boshqa obyektlar, signal berish va aloqa inshootlari hamda qurilmalarining shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ko‘rsatib o‘tilgan harakatlar ehtiyotsizlik orqasida sodir etiladi.
Moddaning 2-qismini temir yo‘ldan ot-arava haydab o‘tish, chorva mollarini haydab o‘tish, chorva mollarni temir yo‘l yaqinida boqish qoidalarini buzish tashkil etadi. Ko‘rsatib o‘tilgan harakatlar faqat qasddan sodir etilishi mumkin.
Ko‘rib chiqilayotgan xatti-harakatlarning subyektlari 16 yoshga yetgan har qanday fuqaro bo‘lishi mumkin. Moddaning 3-qismida nazarda tutilgan xatti-harakatning obyektiv tomoni temir yo‘l transportida amal qilayotgan vagonlarga yuk ortish va tushirish vaqtida belgilangan gabaritlarga rioya qilish qoidalarining buzilishidir. Subyektiv tomondan mazkur xatti-harakat ham qasddan, ham ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Xatti-harakat subyekti transport xodimi va har qanday boshqa shaxs bo‘lishi mumkin. 113-moddaning 4-qismidagi huquqbuzarlikning yana bir tarkibi — temir yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishdan iborat. Bu xatti-harakatning obyektiv tomoni mana shu muayyan harakatda aks etgan, subyektiv tomondan esa bu qasddan qilingan harakatdir. Mazkur xatti-harakatning subyektlari 16 yoshga yetgan har qanday fuqaro bo‘lishi mumkin. Moddaning 5-qismida transport vositalari haydovchilarining temir yo‘l izini belgilanma- gan joydan kesib o‘tishi uchun javobgarlik belgilangan. Subyektiv tomoni — g‘arazli niyat, subyekt — transport vositasining hay-
dovchisi.
Mazkur xatti-harakatni JKning 260-moddasida nazarda tutil- gan jinoyatlardan farqlash kerak. Bunday chegaralashni obyektiv tomon bo‘yicha o‘tkazish lozim. Ko‘rsatib o‘tilgan moddada nazarda tutilgan jinoyatlarning obyektiv tomoni faqat huquqqa zid harakatlarni o‘z ichiga olish bilan birga, o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati yetkazishni, shuningdek, odamning qurbon bo‘lishini ham qamrab oladi. Ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni sodir etish jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ichki ishlar organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek,
MJTK 250-moddasining 3-qismida ko‘rsatib o‘tilgan temir yo‘l transporti organlarining mansabdor shaxslari ham ko‘rib chiqishga haqli. Bu huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomani ichki ishlar organlari xodimlari, mahalla posbonlari, temir yo‘l transportining vakolatli xodimlari tuzadi.