O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish1 (125- m.)



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə98/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish1 (125- m.). Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, xuddi shuningdek mototsikl haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi, — eng kam ish haqining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Haydovchilarning foydalanish man etiladigan darajada nosozligi bo‘lgan transport vositalarini boshqarishi — eng kam ish haqining uchdan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Haydovchilarning davlat texnika ko‘rigidan o‘tmagan yoki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoxud tormoz tizimida yoki rul boshqaruvida yoxud ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan, xuddi shuningdek ishlayotganida tashqariga chiqarayotgan ifloslantiruvchi moddalarning miqdori, shuningdek shovqin darajasi belgilangan normadan ortiq bo‘lgan yoxud tegishli ruxsati bo‘lmay turib qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi

  • eng kam ish haqining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olingan transport vositalarini boshqarish — eng kam
ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Davlat raqam belgisi yasama yoki o‘zga usullarda o‘zgartirilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi ayni shu transport vositasiga tegishli bo‘lmagan transport vositasini boshqarish — eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n barava- rigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli transport vositalarini ishdan tashqari vaqtda ulardan foydalanish shartlariga muvofiq keladigan tarzda maxsus jihozlanmagan joyda saqlash — fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir barava- rigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki barava- rigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu Kodeksning 125-128, 129-140, 141-moddalarida transport vositalari deyilganda barcha turdagi avtomobillar va traktorlar, boshqa xil o‘ziyurar mashinalar, tramvay va trolleybus- lar, shuningdek mototsikllar va boshqa mexanik transport vositalarini tushunmoq kerak.
Haydovchilarning transport vositalaridan foydalanish qoida- larini buzishi — yo‘l harakati xavfsizligiga va bu vositalardan foydalanishning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi ma’muriy huquqbuzarliklar, ya’ni yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizli- gini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan yo‘l harakati qoidalari va boshqa normativ hujjatlar ularning majburiy ravishda YHXX ro‘yxatidan, texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini transport vositalaridan foydalanishga doir bir qator talablarning buzilishi, nazarda tutadi.
Subyektiv tomondan haydovchilarning transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishi qasddan qilingan ayb bilan ajralib turadi. Haydovchi transport vositasi xavfsizlik va foydalanish talablariga javob bermasligini bilgani holda uni boshqarishni istaydi. Huquqbuzarlik sababi (ishlab chiqarish zarurati, boshqa shaxslar- ning iltimosi va shu kabilar) kvalifikatsiya qilishda ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Ko‘rib chiqilayotgan ma’muriy huquqbuzarlik subyekti faqat davlat korxonasiga, muassasasiga, harbiy yoki jamoat tashkilotiga
tegishli transport vositasi yoxud shaxsiy transport vositalarining haydovchisi bo‘lishi mumkin. Basharti mazkur huquqbuzarlik transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, u holda ular MJTKning 135- moddasi bo‘yicha javobgar bo‘ladilar. Mansabdor shaxslar texnikaviy ko‘rikdan o‘tmagan, nosozligi bo‘lgan, shu tufayli ulardan foydalanish taqiqlangan transport vositalarini, ruxsat olmay turib qayta jihozlangan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan transport vositasini yo‘lga chiqargani uchun MJTKning 139-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortiladi. 125-moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ichki ishlar organlari (militsiya)ning mansabdor shaxslari, YHXX mansabdor shaxslari, shuningdek, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar
ko‘rib chiqadilar (247, 248, 256-moddalar).
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 26-dekabrdagi 73-sonli qonuni bilan Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchi- larning telefondan foydalanishi (1281-m.) uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Unga asosan, transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi, — eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 13-dekabrdagi 125- sonli qonuni bilan transport vositasini boshqarish paytida moni- tordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish va transport vositasiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish (1282-m.) uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Transport vositasini boshqarish paytida transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan o‘rnatilgan monitordan (displeydan) tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish — eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Transport vositasi
salonining old qismiga o‘zboshimchalik bilan monitor (displey) o‘rnatish — eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravari- gacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning 1 yoki 2-qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,

  • eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 21-apreldagi 156-sonli qonuniga asosan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari- ning talablarini buzganlik (1351-m.) uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatildi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sug‘urta polislarida ko‘rsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi to‘g‘risida mazkur sug‘urta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, — eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha qonunda belgilangan majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajaril- masligi, xuddi shuningdek, agar bunday majburiy sug‘urta qilinmaganligi oldindan ayon bo‘lsa, transport vositalarini bosh- qarish, — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.



Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin