O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Madaniyat va sport sohasida boshqaruvni tashkil etish



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə184/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Madaniyat va sport sohasida boshqaruvni tashkil etish


O‘zbekiston Respublikasida madaniyat sohasini boshqaruvchi organlar tizimida: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbekkino» milliy agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuri- dagi «O‘zarxiv» agentligi, «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi hamda ularga bo‘ysunuvchi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritadi. Madaniyat va sport sohasida boshqaruvni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘ri- sida»gi 2000-yil 26-may qonuni, «Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida»gi 1998-yil 29-avgust qonuni,


«Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydala- nish to‘g‘risida»gi 2001-yil 30-avgust qonunlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari madaniyat va sport sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi organlar O‘zbekiston Respublikasining «Arxivlar to‘g‘risida»gi 1999-yil 15-aprel qonuni, «Turizm to‘g‘risida»gi 1999- yil 20-avgust qo- nunlarining ijrosini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2004-yil 27-sentabr farmoni bilan madaniyat va sportni rivojlantirish muammolarini kompleks hal etish, jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va barkamol shaxslarni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish, sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat tuyg‘usini singdirish, aholining madaniy va estetik talab- ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish uchun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbe- kiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2005-yil 5-aprel qaroriga binoan vazirlikning nizomi tasdiqlandi.
Mazkur Nizomga muvofiq vazirlikning quyidagi asosiy vazifalari belgilab berilgan:

  • madaniyat va ommaviy sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

  • xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash;

  • xalqning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish;

  • jismonan sog‘lom, ma’naviy jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • milliy istiqlol g‘oyasidan, O‘zbekiston xalqining madaniy va ma’naviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport ishlarini amalga oshirish;

  • odamlarning madaniy va estetik ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish;

  • teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish va boshqalar.

Vazirlikka qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan, madaniyat ishlari bo‘yicha va sport ishlari bo‘yicha ikki nafar birinchi o‘rin- bosari bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar va muassasalar quyidagilar:

  1. Madaniyat muassasalari

«O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi;
«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi;
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining bosh direksiyasi;
Akademik, xalq va badiiy jamoalar direksiyasi;
Orkestrlar (simfonik orkestr, kamer orkestri, xalq cholg‘u asboblari orkestri);
«O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi va bulardan tashqari 17 ta muassasalar.

  1. Sport muassasalari:

Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi; O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti;
Olimpiya zahiralari respublika kolleji, Toshkent shahri; Sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari;
«Sertifikatlash va kompyuterlashtirish markazi» davlat korxonasi;
«Sport» gazetasi tahririyati; Olimpiya shon-shuhrati muzeyi;
Futbol bo‘yicha trenerlar va hakamlar respublika maktabi. Respublikada madaniyat va san’atni rivojlantirish muammo-
larini har tomonlama hal qilish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy mavqeini oshirish, aholining madaniy va estetik talab ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish, shuningdek, madaniyat va kinematografiya sohasidagi respublika va hududiy organlar faoliyatining samara- dorligini ta’minlash, kino va video mahsulotlari ishlab chiqarish, ko‘paytirish hamda namoyish etish tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kinematografiya sohasida boshqa- rishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004-yil 16-mart farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbek- kino» Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2004- yil 17-mart qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan «O‘zbekkino» davlat aksiyadorlik kom- paniyasi «O‘zbekkino» Milliy agentligiga aylantirildi va agentlikning nizomi tasdiqlandi.
Ushbu nizomga muvofiq agentlikning quyidagi vazifalari belgilab berildi:

  • kino san’atining milliy madaniyatini rivojlantirish;

  • jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olgan holda milliy qadriyatlar uyg‘unligi asosida taraqqiy ettirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • kino san’atida, kino-videofaoliyat sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

  • milliy kino san’atining eng yaxshi an’analarini izchil davom ettirish;

  • iqtidorli yosh kinematografchilarni tarbiyalash, ularning ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat filmlar fondi faoliyatini bu- gungi kun talablari negizida tashkil etish;

  • kinofilmlar yaratish va ularni namoyish etish tizimini tanlovlar tashkil etish orqali takomillashtirish va hokazo.

Agentlikni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshqaradi.
Bosh direktorning ikki nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
Bosh direktor o‘z maqomiga ko‘ra vazirga, bosh direktorning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
O‘zbekkino» Milliy agentligi kino san’ati, kino-videofaoliyatni amalga oshirish sohalaridagi vazifalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Agentlik o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Televideniye va radioeshittirishni boshqarish O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga yuklatilgan.
Mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalash, ochiq fuqarolik jamiyatini barpo etish, odamlar ongida demokratik qad- riyatlarni shakllantirishda mustaqil ommaviy axborot vositalarini, eng avvalo, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan teleradioeshittirish faoliyatini rivojlantirish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil teleradio kanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2005-yil 8-noyabr farmoni bilan O‘zbekiston teleradiokom- paniyasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi etib qayta tashkil etildi va uning nizomi tasdiqlandi.
Quyidagilar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • aholini, shuningdek chet el jamoatchiligini O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida ro‘y berayotgan, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakl- lantirish;

  • mustaqil ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, aholini inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan demokratik o‘zgarishlar to‘g‘risida keng xabardor qilish;

  • aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirish;

  • milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish;

  • yoshlar va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tele- va radiodasturlar sifatini, professional va badiiy darajasini ta’minlash;

  • O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari, tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • zamonaviy talablar hamda standartlarga muvofiq texnika bazasini yanada rivojlantirish va hokazo.

  • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga quyi- dagilar kiradi:

  • «O‘zbekiston» telekanali va «O‘zbekiston» radiokanali negi- zida tashkil qilinadigan «O‘zbekiston» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi;

  • «Sport» telekanali va «Mash’al» radiokanali negizida tashkil qilinadigan «Sport» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi;

  • «Toshkent» telekanali va «Do‘stlik» radiokanali negizida tashkil qilinadigan «Toshkent» teleradiokanali» davlat unitar korxonasi;

  • «Respublika telemarkazi», «Respublika radio va ovoz yozish uyi», «Nukus teleradiomarkazi» korxonalari negizida tashkil qilinadigan «Respublika teleradiomarkazi» davlat unitar korxonasi;

  • «O‘zbektelefilm» studiyasi negizida tashkil qilinadigan

«O‘zbektelefilm» davlat unitar korxonasi;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat teleradiokom- paniyalari, shuningdek boshqa ijodiy, ishlab chiqarish-texnika bo‘linmalari.




    1. Yüklə 6,58 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin