O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Sog‘liqni saqlash sohasini boshqarishning mazmuni



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə181/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Sog‘liqni saqlash sohasini boshqarishning mazmuni


Sog‘liqni saqlash sohasini boshqaruv organlari O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi 1996- yil 29-avgust qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qaror va ko‘rsatmalariga asosan o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Res- publikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida»gi 1998-yil 10-noyabr farmonini bajarish yuzasidan hamda aholi sog‘lig‘i ustidan davlat nazoratini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlik faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi 1999-yil 14-yanvar qarori qabul qilindi.
Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari, ularning shahar va tuman bo‘linmalari kiradi. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va ilmiy tadqiqot muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika korxo- nalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud- tibbiy ekspertiza muassasalari, tibbiy dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi ishlab chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar kiradi. Ilmiy tadqiqot institutlarining klinikalari, vazirliklar, idoralar, davlat korxonalari, muassasa va tashkilotlari barpo etadigan davolash-profilaktika va dorixona muassasalari kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasini boshqarish
Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va uning joylardagi organlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishning davlat tomonidan kafolatlangan darajasi va sifatini ta’minlash;
boshqarishning barcha darajalarida aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini tashkil etish va mustahkamlash;
sog‘liqni saqlash tizimini mablag‘ bilan ta’minlash mexaniz- mini takomillashtirish, shu jumladan davolash-profilaktika muas- sasalarining bosqichma-bosqich pulli xizmatlar ko‘rsatishga o‘tkazilishini ta’minlash;
jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy klinikalarni, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda barpo etish.



    1. Yüklə 6,58 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin