O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Ta’lim sohasini boshqarish tushunchasi, mazmuni va xususiyatlari



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə177/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

§. Ta’lim sohasini boshqarish tushunchasi, mazmuni va xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasi O‘zbekiston Respub- likasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi 1997-yil 29-avgust qonuni, O‘zbekiston Respub- likasining 1997-yil 29-avgustdagi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uz- luksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standaptlapini ishlab chiqish va jopiy etish to‘g‘pisida»gi 1998-yil 5-yanvar qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hamda
«O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1998-yil 13-may qaror- lari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2001- yil 16-avgust qarori, shuningdek, boshqa ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi qonun chilik hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiðlari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlatda ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. Har kimning jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’ti- qodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, bilim olishda teng

huquqlari kafolatlanadi. Bilim olish huquqi:

  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;

  • ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;

  • ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;

  • barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;

  • oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.

Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligi va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muassasasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmui hamda o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli. Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, tadbirkorlik
faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.
Davlat ta’lim standartlari umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublika- sining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi
«Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari;

  • ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’min- lash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy- pedagogik muassasalar;

  • ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.

O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o‘rta ta’lim;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:

  • boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);

  • umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).

Boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Bolalarning qobiliyati, iste’dodini rivojlantirish uchun ixtisos- lashtirilgan maktablar tashkil etilishi mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb- hunar bo‘yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichda davom o‘tirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.
Oliy ta’lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’min- laydi.
Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (universitetlar, akademiyalar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalarida) maxsus, o‘quv kasb-hunar ta’limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan, o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shart- noma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot masalalarida (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va unvonlar berish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgi- lanadi.
Bolalar va o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qon- dirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Davlat oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarning oilada o‘qitilishi va mustaqil ta’lim olishi tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy jihatdan, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.
Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma, diðlom, sertifikat, guvohnoma) beriladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat oilada ta’lim olgan yoki mustaqil ravishda bilim olgan va akkreditatsiya qilingan ta’lim dasturlari bo‘yicha ekstern tartibda imtihonlar topshirgan shaxslarga ham beriladi, davlat ta’lim muassasasida o‘qitilishi shart bo‘lgan va ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yilgan mutaxassisliklar bundan mustasno.
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diðlomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, ularning hajmlari va fanlarga qo‘yilgan baholar yozilgan varaqa ilova qilinadi.
Dissertatsiya himoya qilgan shaxslarga belgilangan tartibda fan nomzodi yoki fan doktori ilmiy darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diðlom topshiriladi.
Davlat ta’lim standartlariga mos kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlarning hukumatlari o‘rtasida ikki
tomonlama bitimlar asosida har ikki tomonning ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlari belgilangan tartibda o‘zaro tan olinishi mumkin.
Tegishli bosqichdagi ta’limni tugallamagan shaxslarga belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beriladi.
Davlat tasdiqlagan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat navbatdagi bosqich ta’lim muassasalarida ta’lim olishni davom ettirish bo‘yicha ishlash huquqini beradi.
Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilar qonunchilik hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq imtiyozlar, stiðendiyalar va yotoqxonada joy bilan ta’minlanadi.
Ta’lim muassasalari xodimlariga ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi, haq to‘lanadigan yillik uzaytirilgan ta’tillar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
Ta’lim muassasalari ish haqiga mo‘ljallangan mavjud mablag‘lar doirasida mustaqil ravishda stavkalar, mansab okladlariga tabaqalashtirilgan ustama belgilashga hamda mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirishning turli shakllarini qo‘llashga haqli.
Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan, shuning- dek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar va o‘smirlarni o‘qitish, ularni tarbiyalash hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etiladi. Bolalar va o‘smirlarni ushbu ta’lim muassasalariga yuborish va ulardan chiqarish ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan psixologik, tibbiy- pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘quvchilari qisman yoki to‘la davlat ta’minotida bo‘ladi.
Alohida sharoitlarda tarbiyalanish va o‘qishga muhtoj bolalar va o‘smirlar uchun ularning bilim olishi, kasb tayyorgarligi va ijtimoiy tiklanishini ta’minlaydigan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etiladi.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning ta’lim olishi va mustaqil
bilim olishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sharoitlar yaratiladi.
Ta’lim sohasini boshqarish organlari tizimiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga kiruvchi (Oliy ta’lim muassasalari), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga bo‘yunsunuvchi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi (O‘MKHTM) va Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 1990-yil 7- yanvardagi Prezident farmoni bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2003-yil 9- dekabrdagi farmonini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2004-yil 20-iyulda 341-sonli qarori bilan vazirlikning nizomi tasdiqlandi va mazkur Qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq o‘zgartishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari kiradi.
Vazirlik o‘ z faoliyatida O‘ zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmo-
yishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, vazirlik Nizomiga amal qiladi. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin