O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi



Yüklə 6,58 Mb.
səhifə179/209
tarix07.01.2024
ölçüsü6,58 Mb.
#205813
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   209
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi

Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlarining huquqlari doirasiga quyidagilar kiradi:

  • ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish;

  • ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;

  • davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;

  • o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangicha ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish;

  • o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish;

  • ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;

  • davlat oliy ta’lim muassasalarining rektorini tayinlash to‘g‘- risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

  • pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarini ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;

  • ta’lim muassasalarini tashkil etadilar, qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo‘lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro‘yxatga oladilar;

  • o‘z hududlaridagi ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarini belgilaydilar;

  • ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’min- laydilar;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.
Ta’lim muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya
etilishini nazorat qiladi.
Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzgan taqdirda, akkreditatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yishga haqli.
Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o‘quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqi va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasiga, maktabgacha, umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar.
Ta’lim oluvchilarni o‘qitish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishga jalb etish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ta’lim oluvchilarning vazifalari: O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga, axloq va odob qoidalariga, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya etish; o‘z bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kasb mahoratlarini muntazam ravishda oshirib borishdan iboratdir. Ta’lim oluvchilarning boshqa huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizomlar hamda ularning ustavlari bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning fao- liyatini boshqarish to‘g‘risida»gi 1998-yil 24-fevral qarori va O‘zbe- kiston Respublikasi Prezidentining «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2003-yil 9-dekabr farmonini bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2004-yil 20-iyul qarori_ hamda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi idoraviy metrologik nazorat xizmatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2006-yil 14-dekabr qarorlari_ qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni ro‘yobga chiqarish, shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliya- tini yo‘lga kuyish va muvofiqlashtirish, ularda barkamol, chuqur bilimlarga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tashkil etilib, takomillashtirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Markaz rahbari lavozimi joriy etilgan. Koraqalpog‘iston Respublika- sida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tashkil etilgan.
O‘rta maxsus va kasbga yo‘naltirilgan hunar-texnika ta’limining, faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarining hamda ular negizida tashkil qilinayotgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga tashkiliy, o‘quv-uslubiy va ilmiy rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘quv dasturlarini unifikatsiyalash, pedagog kadrlar tayyorlash O‘zbekiston Respub- likasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zimmasiga yuklangan.

Yüklə 6,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin